Isroil harbiylari BMTni taşkilotning Ğazo sektoridagi ikkita maktabiga raketa zarbalari berişi töğrisida xabardor qildi. Bu haqda Dunia Al Watan radiosi xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, zarbalar «Al-Buroq» va «Al-Aqso» maktablariga beriladi. Ğazo sektori hukumati matbuot xizmatining bildirişiça, «maktablar xodimlari ogohlantirilgan va evakuatsiya qilingan».

Sohilböyi anklavi hukumati «xalqaro taşkilotlarni bu maktablarni himoya qiliş va Isroilning bu rejasini amalga oşirişiga yöl qöymaslik»ka çaqirmoqda.

Avvalroq BMTning Yaqin Şarqdagi agentligi Isroilning raketa zarbalari oqibatida taşkilotning Ğazo sektoridagi ikkita ta'lim maktabiga jiddiy zarar yetganini ma'lum qilgandi. 

10 maydan buyon Ğazo sektori va Isroil bir-biriga raketa zarbalari bermoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Isroil tomonidan 10 kişi, Falastin tomonidan 220dan ortiq kişi halok bölgan.