Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda «qora mog‘or» epidemiyasi ortidan «oq mog‘or» infeksiyasi paydo bo‘ldi
Ma'lumot berilishicha, asosan burun bo‘shlig‘i va o‘pkani ishdan chiqaradigan «qora mog‘or»dan farqli o‘laroq, «oq mog‘or» organizmning umumiy hayot faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Hindistonda «qora mog‘or» epidemiyasi fonida «oq mog‘or» infeksiyasi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Times of India nashri.
Nashrning yozishicha, Bixar shtatida «oq mog‘or» infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta holat qayd etilgan.
Ma'lumot berilishicha, asosan burun bo‘shlig‘i va o‘pkani ishdan chiqaradigan «qora mog‘or»dan farqli o‘laroq, «oq mog‘or» organizmning umumiy hayot faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Avvalroq Hindistonning Rajaston va Telangana shtatlarida «qora mog‘or» kasalligi nomi bilan tanilgan mukormikoz epidemiyasi e'lon qilingandi.
Hindistonda «qora mog‘or» kasalligi may oyi boshida qayd etilgandi. Mukormikoz ko‘pincha koronavirusdan yaqinda sog‘ayganlarda aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026