Boş prokuratura matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasining sobiq rahbari qamoqqa olingani haqida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Toşkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi mansabdor va moddiy javobgar şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan Nurafşon şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat işi doirasida, 2021 yil 21 may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliğiga JKning 167-moddasi 2-qismi «a, v, g» bandlari bilan ayb e'lon qilinib, sudning ajrimi bilan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan», deyiladi rasmiy xabarda. 

Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligi qayd etilgan.

Bundan avvalroq Toşkent viloyatiga oid yangiliklar yoritib boriladigan «Oltin voha» kanalida tekşiruvlarda 50 million söm kamomad aniqlangani tufayli Toşkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov qamoqqa olingani, boş hisobçi esa qidiruvdaligi haqida xabar berilgandi.

Komiljon Adilov 2019 yil dekabr oyida boşqarma boşliği etib tayinlangan edi. Joriy yilda uşbu boşqarma tugatilib, turizm va sport bitta tuzilma ostiga birlaştirilgan, umumiy rahbarlik viloyat hokimining örinbosariga yuklatilgandi.