«Taxiatoş neft bazasi»da qiymati 8 milliard 203 million sömlik dizel yonilğisida kamomad aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinişiça, vazirlik huzuridagi «Özenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qiliş böyiça joylarda muntazam ravişda nazorat tadbirlari ötkazib kelinmoqda.

Xususan, «Özenergoinspeksiya» Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tomonidan «Taxiatoş neft bazasi» MÇJda ötkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr (8 milliard 203 mln sömlik) dizel yonilğisida kamomad mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda çoralar köriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.