Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida OTMlarda bu yilgi yakuniy imtihonlar va bitiruv malakaviy işlari himoyasi onlayn tarzda ötkazilişi yoki auditoriyalarda bölişi borasidagi savolga javob berdi.
«Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy tarzda ta'lim olayotgan talabalarning asosiy qismi – bitiruvçilar. Köpgina OTMlarda bakalavrda öqiyotgan bitiruvçi kurs va magistraturaning 2-bosqiçida öqiyotgan talabalarning öqişi onlayn şaklga ötkazilmagan. Yoki barça kurs talabalarining darslari onlayn ta'limga ötkazilmagan OTMlar ham bor.
OTMlarda onlayn ta'limga ötilişi hududdagi vaziyatdan kelib çiqqan holda tuman, şahar sanitariya-epedimiologiya xizmati xodimlarining xulosalari bilan belgilangan tartibda amalga oşirilmoqda», deya ma'lumot berdi Abduvali Xoliqov.
Vazirlik rasmiysining sözlariga köra, 14 kunlik yoki undan uzoqroq karantin muddatlarining joriy etilayotgani va onlayn ta'limga ötilayotgani bitiriş muddatlariga ta'sir körsatmaydi. Har bir OTM öz ilmiy kengaşining qarorlari bilan bu jarayonlarni nazoratga olgan, vazirlik esa bu jarayonga oid ma'lumotlarni, statistikalarni töplab bormoqda.
«Talabalar “ta'lim onlayn olib borildi, endi yakuniy nazorat oflayn ötarkan. Bu töğrimi?” deb öylaşlari mumkin. Bu – hammasi töğri. Yoşlar, avvalo, bilim oliş uçun oliy ta'lim muassasasiga kirganini his qilişi kerak. Talaba OTMda qöyilgan tartib va talab böyiça öqişi kerak. OTM ham faqat özining manfaatini közlab, talabani öylamasdan qaror qabul qilmaydi. Birinçi navbatda, ta'lim sifatini saqlagan holda ta'lim jarayonini boşlaş va tugatiş kerak.
Dars jarayonlari va yakuniylarni ham töla onlayn ötkazadigan bölsak, bu ertaga boşqa muammolarni keltirib çiqaradi. Ya'ni yakuniy imtihonlarda talabaning bilimiga qarab baholaş muvozanatdan çiqib ketib qoladi, ötgan yili şunday holat kuzatilgan. “Men yaxşi öqigandim, onlaynda yaxşi imtihon topşira olmadim”, “U platformaga umuman kirmagandi, yakuniyda şunaqa ball oldi” degan e'tirozlar bölmasligi uçun barçasi oçiq-oydin auditoriyada bölişi talaba uçun ham, oliy ta'lim muassasasi uçun ham töğri böladi», deya qayd etdi Abduvali Xoliqov.
Boş boşqarma boşliğining ta'kidlaşiça, agar OTM joylaşgan hududda koronavirus bilan boğliq holat barqaror bölmasa, unda imtihonlar va bitiruv malakaviy işlari himoyasini onlayn taşkil qiliş ham mumkin böladi.
«Agar biror hududda kasallik holatlari köp böladigan bölsa, imkoniyat mavjud bölmasa, OTM imtihonlarni onlayn qilişi mumkin. 2020 yilda ham bu amalga oşirilgan. Lekin har holda sifatli himoya bölişi, imtihonlarning sifatli ötişi va ikki tomonning ham rozi bölişi lozimligini hisobga oladigan bölsak, imtihonlarning auditoriyada bölişi tanlovi birinçi örinda turadi», dedi u Xpress.uz’ga bergan intervyusida.











