Yöl-transport hodisasiga uçragan maşina haydovçisi röy bergan vaziyatni quyidagiça tasvirlaydi.
«Öşa kuni Örikzorda turadigan amakimnikida iftorlik bölgandi. Savobini buvimlarga bağişlab iftorlik qilgandik, öşa yerda xizmatda edim. Hamma işlarni tugatib, qaytayotganimda Minor masjidining röparasiga yetganimda şu voqea yuz berdi. Töğrisi, nima bölganini tuşunolmay qoldim. Tezligim me'yorida edi. Özimga kelib yöl kavlab qöyilgani, men esa örtada qoldirib ketilgan 60-70 santimetrça balandlikdagi asfalt uyumiga borib urilganimni bildim.

Atrof qoronği bölgani uçun, qolaversa, yöl ta'mirlanayotgani haqida heç qanday ogohlantiruvçi belgilar bölmagani uçun maşinani töxtatiş yoki olib qoçişning imkoni bölmadi. Şu payt men bilan bir maktabda öqigan bolalarni körib qoldim, ular örtoqlarimga xabar berişdi. Döstlarim YHXBga, Tez yordamga qönğiroq qilişdi. Yengil “şok” holatida bölganim uçun şifokorlar menga yordam körsatişdi.
Özimga kelganimdan söng mast yoki huşyorligimni aniqlaş maqsadida tibbiy ekspertizaga borib keldik. U yerda spirtli içimlik içmaganim rasman tasdiqlandi. YHXB xodimlari hodisani rasmiylaştirişdi. Mendan va guvohlardan körsatma olişdi.
Ertasi kuni maşinaning zararini baholatişga olib bordik. Maşinaning yili eskiroq bölgani uçun çiqqan summaning 30 foizi çegirib taşlandi va zarar miqdori 7,5 million sömga baholandi. Bu baholovçi taşkilotning rasmiy xulosasi. Özim xususiy xizmat körsatuvçi boşqa ustaga olib borib körsatdim. Uning aytişiça, maşinaning asosan tag qismiga ançagina zarar yetibdi, 13-14 million söm atrofida xarajatga tuşibman», deydi Aziz Dehqonov.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video muallifi Akrom Saydiyev Yöl-patrul xizmati xodimlari yetib kelgunga qadar yöl ta'mirlanayotgani haqida heç qanday ogohlantiruvçi belgi qöyilmaganining isboti sifatida holatni telefonida videoga olganini ta'kidlaydi.
«2 maydan 3 mayga ötar keçasi soat 12:30larda Aziz örtoğim “avariya”ga uçragani haqida telefon qilişdi. Tezda voqea joyiga yetib borib, Azizning holidan xabar oldim va ertaga ta'mirlaş işlari ketayotganidan ogohlantiruvçi yöl belgisi örnatilmaganini inkor etişmasin deb telefonimda vaziyatni videoga oldim. Tasvirga olib turganimda yölni ta'mirlayotgan «Grand Road Tashkent» korxonasi işçilari kelib yöl belgilarini örnata boşlaşdi», deydi Akrom Saydiyev.

IIV Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi katta inspektori Ibrohim Ahmedov Kun.uz’ga ekspertiza xulosalariga köra hodisa röy bergan vaqtda haydovçi mast bölmagani va tezligi ham me'yorida bölganini ma'lum qildi. Uning aytişiça, yöl qurilişiga mas'ul korxona vakillari ogohlantiruvçi belgilarni qöyişmaganini tan olişgan.
«Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi yölning ta'mirlanayotgan qismida qoldirib ketilgan taxminan 50-70 santimetrli asfalt uyumiga borib urilgan. Bu yerda haydovçining aybi yöq, çunki köriş imkoniyati kam bölgani bois maşinani töxtata olmagan. Ekspertiza xulosasida ham haydovçining maşinani töxtatiş imkoniyati bölmagani tasdiqlandi.
Hodisa sodir bölgan kuni yölni ta'mirlayotgan korxona mas'ul xodimi öz tuşuntiriş xatida ogohlantiruvçi belgilarni qöyişga ulgurişmaganini yozib berişdi. Haydovçi mast holat bölmagan. YTH natijasida avtomobilga ançagina zarar yetgan.
Sodir bölgan YTH Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning “Yöllarga, yöl inşootlariga, yöl harakatini tartibga solib turuvçi texnik vositalarga şikast yetkaziş, ularni saqlaş qoidalarini buziş” deb nomlanuvçi 147-moddasi bilan malakalanadi. Uşbu modda doirasidagi işlar IIV YHXB Ma'muriy amaliyot bölimi tomonidan körib çiqiladi. Zarar fuqarolik tartibida yöl qurilişiga javobgar korxonadan haydovçiga undirib beriladi», deydi Ibrohim Ahmedov.
Yöl nosozligi YTHga sabab bölganda zarar tölab beriladi – Transport vazirligi
25 iyun kuni yölsozlarning mas'uliyatsizligi Toşkent şahrining Şahrisabz köçasida yana bir yöl-transport hodisasiga sabab bölgan. Hodisa guvohlarining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, yöl örtasida kanalizatsiya quduği oçiq holda qoldirilgani oqibatida 5ta maşina – Hyundai, Malibu-2, Matiz, Lacetti, Nexia-3 avariyaga uçragan. Hodisa natijasi jabrlanganlar ham borligi aytilmoqda.
Qilğilikni qilib qöyib, şunça talafotga sabab bölgan yölsozlar yöl-transport hodisasiga sabab bölgan kanalizatsiya quduğini ta'mirlab qöymoqçi bölişgan. Videoda uşbu harakat haydovçilarning keskin noroziligini keltirib çiqarganini köriş mumkin.

«Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonunning 17-moddasiga köra avtomobil yöllaridan foydalanuvçilar avtomobil yölidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib oliş huquqiga ega. Yana bir muhim ma'lumot: avtomobil yöllaridan foydalanuvçilar deganda nafaqat haydovçi, balki yöl harakati iştirokçilari yoki ajratilgan mintaqa hamda yöl böyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oşiruvçi yuridik va jismoniy şaxslar tuşuniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida avtomobil yöllarining ta'mirlaş işlari olib borilayotgan, bu işlar oxiriga yetkazilmasdan qolib ketgan hamda ta'mirlanişi lozim bölgan joylarda 2019 va 2020 yilning 8 oyi içida 532ta YTH sodir bölgani, uşbu avariyalar oqibatida 191 kişi vafot etgani va 511 kişi jarohatlangani aniqlangani ma'lum qilingan edi. Uşbu masala Senat tomonidan ham tanqidiy muhokama etilgan bölsa-da, joylarda hamon sansalorliklar davom etayotgani aybdorlarga nisbatan keskinroq va ta'sirçanroq çoralar köriş kerakligini körsatmoqda.












