Avtomobil va daryo transportini rivojlantiriş departamenti rahbari Ruslan Rözmetovning ma'lum qilişiça, Transport vazirligi Avtomobil taşuvlarini nazorat qiliş boşqarmasi inspektorlari yölovçilar va yuklar taşuvçi avtotransport vositalarida litsenziya kartoçkalari mavjud bölişini, avtomobillarda taşuvlarni amalga oşiriş şartlariga rioya etilişini, haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimiga rioya etişini nazorat qiladi.
Bu tadbirlar yölovçilar töplanadigan va yuklar ortiladigan hamda tuşiriladigan yirik punktlarda (temir yöl vokzallari va stansiyalarida, daryo portlarida, bozorlarda, metropolitenning oxirgi stansiyalarida, avtovokzallarda (avtostansiyalarda), avtobus yönalişlarining oraliq va oxirgi töxtaş bekatlarida hamda IIV Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining statsionar postlarida amalga oşiriladi.
Nazoratni amalga oşirişda inspektorlar quyidagi vakolatlarga ega:
- avtotransport vositasining oldiga kelişi, familiyasini, lavozimini aytib haydovçiga özini taniştirişi, haydovçining talabiga köra xizmat guvohnomasini körsatişi;
- haydovçilarga ularning huquqlarini tuşuntirişi;
- şaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga qat'iy rioya qilişi, öz xizmat vazifasini aniq bajarişi, haydovçiga nisbatan madaniyatli muomalada bölişi lozim.
«Inspektor avtotransport vositasining litsenziya kartoçkasini közdan keçiradi va haydovçida litsenziya kartoçkasi mavjud bölmagan taqdirda tegişli tarzda bayonnoma tuzadi. Öz örnida, haydovçi ham inspektordan şaxsini tasdiqlovçi hujjat, guvohnoma, kökrak nişoni, dislokatsiyasini söraşi mumkin.
Bir oylik qöşma reyd tadbirlari har oyda tasdiqlanadi va inspektorlar şu asosda iş olib borişadi. Bu dislokatsiya har oy özgaradi», deya Ruslan Rözmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov vazirlik xodimlari yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda işlaşini qayd etib ötdi.
«Bizning vazirlikka tegişli avtomobil taşuvlarini nazorat qiliş inspektorlari heç qaçon bir özi yakka tartibda istagan paytida va istagan joyida reyd ötkazmaydi. Ular yöl harakati xavfsizligi xodimlari bilan qöşma reydni amalga oşirişadi. Avtomobilni töxtatiş bilan YHX xodimlari şuğullanişadi», deya qöşimça qildi u.
Şuningdek, yölning nosozligi (yamalar) sabab YTH sodir bölganda, haydovçining va yölni nazorat qiluvçi taşkilotlarning javobgarligi haqida izoh berildi.
«Har qanday YTH sodir bölganda haydovçi murojaat qilişga haqli - yölning aybi bilan böldi deb. Şunaqa murojaat qilinganda, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllarini nazorat qiliş inspeksiyasi mavjud, inspeksiya tomonidan örganiladi va xulosa beriladi. Agar yöl nosozligi sabab bölgan bölsa, bu xulosa sudga taqdim etiladi.
Har bitta yöl tegişli taşkilot balansida saqlanadi. Öşa yöl qaysi taşkilot balansida bölsa, öşa taşkilot tomonidan zarar qoplab beriladi. Bunda haydovçi öz huquqini bilişi, murojaat qilişi katta ahamiyat kasb etadi», degan Ruslan Rözmetov.











