Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Prezidentining va Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan davlat obektlarini «nol» xarid qiymatida sotiş va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 söm» boşlanğiç qiymatda oçiq savdolarga çiqariş amaliyoti bekor qilinadi (Prezidentning 27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmoni 12-b. 2-xatboşisi).

Quyidagilarning muddati joriy yilning 1 dekabriga qadar uzaytirildi:

bozor va savdo komplekslarini boşqariş va bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş;

xususiylaştiriş töğrisidagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan ötkaziş hamda xususiylaştiriş töğrisidagi yangilangan nizomlarni ularni unifikatsiya qilgan holda tasdiqlaş.

Davlat aktivlarini realizatsiya qilişdan olingan mablağlarni taqsimlaş tartibi özgartirildi. Budjetdan taşqari Davlat aktivlarini boşqariş, transformatsiya va xususiylaştiriş jamğarmasi mablağlari quyidagi nisbatda taqsimlanadi:

  • 87 foizi (ilgari – 73 foiz) –respublika budjetiga;
  • 10 foizi (ilgari – 24 foiz) – Jamğarmaga;
  • 3 foizi – mablağlarni maqsadli ravişda tadbirkorlik rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, şu jumladan tadbirkorlar uçun taşkil etiladigan öquv kurslarini moliyalaştirişga yönaltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obektlarini sotişdan tuşadigan mablağlarning 87 foizi tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toşkent şahrining mahalliy budjetlariga hamda obekt joylaşgan tuman (şahar) mahalliy budjetlariga teng uluşlarda yönaltiriladi.

Belgilanişiça, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotişdan tuşgan mablağlarning 50 foizi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga yönaltiriladi (Prezidentning 19.06.2020 yildagi PQ-4755-son qarorining 5-b. «v» kiçik b.).

Turistik zonalar hududida joylaşgan va davlatga tegişli bölgan mulkiy komplekslar hamda yer uçastkalarini sotişdan tuşadigan mablağlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 75 foizi – tegişli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;
  • 25 foizi – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobiga.

Şuningdek, boşqa özgartiriş va qöşimçalar ham kiritilgan.

Uşbu farmon 11.02.2021 yildagi PF-6167-son farmonida belgilangan aktivlarni xususiylaştirişdan tuşgan mablağlarni taqsimlaşga tatbiq etilmaydi.