Jahon | 21:52 / 31.07.2021
4957
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yong‘in sababli Bodrumdagi uchta mehmonxonada evakuatsiya amalga oshirildi

Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida olti kishi halok bo‘lgan, 400dan ortiq kishi jabrlangan.

Foto: Sevgin Ozkan via REUTERS

Yangi o‘rmon yong‘ini sababli Bodrumdagi uchta besh yulduzli mehmonxonada yashovchilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

"Bugun Umurcha rayonida yangi yong‘in avj oldi, so‘ngra Ichmeler rayoniga yetib keldi. Xavfsizlik maqsadida uchta besh yulduzli mehmonxonada yashovchilar evakuatsiya qilindi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

O‘rmon yong‘ini chorshanba kuni Antalya viloyatining Manavgat shahri yaqinida boshlandi. So‘ngra olov boshqa viloyatlarga tarqaldi.

Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida olti kishi halok bo‘lgan, 400dan ortiq kishi jabrlangan.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining xabar berishicha, yong‘inlarni o‘chirishga 1,1 mingdan ortiq texnika jalb qilingan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlarini falokat hududi deb e'lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid