Los-Anjyeles politsiyasi «Kennet» deb nomlangan yonğinda gumonlanuvçi aybdorni şahar taşqarisida qölga oldi. Janubiy Kaliforniyadagi örmon yonğinlari allaqaçon 10 mingdan ortiq binoni vayron qilgan, qurbonlar soni esa 10 kişiga yetgan.

Öt qöyişda gumonlanuvçi mahalliy aholi tomonidan qölga olingan va keyinroq politsiyaga topşirilgan, dedi politsiya xodimi Çarlz Dinsel. Jurnalist Eliks Mayklson sözlariga köra, u 30 yoşli uysiz odam bölib çiqdi. U Los-Anjyeles şimoli-ğarbida keng tarqalgan «Kennett» yonğiniga sababçi sifatida körilmoqda.

Şuningdek, hududda 20 nafar şaxs odamlar tark etgan uylarda talonçilik qilganlikda gumonlanib qölga olingan. Talonçilik haqidagi xabarlar ortidan komendantlik soati e’lon qilindi.

AccuWeather meteorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, şahar atrofidagi yonğinlar 135 milliard dollardan 150 milliard dollargaça zarar keltirişi mumkin, bu esa ularni Qöşma Ştatlardagi eng qimmat örmon yonğinlariga aylantiradi.

Ikki yirik yonğin, jumladan «Iton» (Los-Anjyeles şimoli-ğarbida) va Pasifik-Paliseydsdagi yonğin (şarqda) allaqaçon 10 mingdan ortiq binolarni va avtomobillarni yöq qildi, deb yozdi AP. 180 mingdan ortiq odam hududdan evakuatsiya qilingan.

Janubiy Kaliforniyadagi örmon yonğinlari 7 yanvar kuni boşlandi. Sohil böylab kamida oltita yonğin qayd etildi. Los-Anjyelesning nufuzli Pasifik-Paliseyds hududi eng köp zarar kördi. U yerda turar-joy binolari, dökonlar va maktablar joylaşgan butun kvartallar yonib ketdi.