Turkiyaning Bodrum kurortlari yozda maroqli hordiq çiqariş uçun ajoyib maskan. Hozir Bodrumga «Uzbekistan Airways» bilan Toşkentdan töğridan töğri parvoz qiliş imkoniyati bor. Asialuxe Travel esa sizga eng mos turpaketlarni tayyorlab bera oladi.
Garçi Özbekiston joylaşgan kengliklardan biroz janubroqda joylaşgan bölsa ham Bodrum Turkiyaning Örta yer dengizi böyidagi kurort şaharlariga hamda Özbekistonga nisbatan biroz salqinroq.
Bodrum kurortlari ayniqsa yevropaliklar orasida juda maşhur. Bodrum/Milas aeroportiga qönayotgan samolyotlarning 80 foizi Yevropa davlatlaridan ekanining özi bundan dalolat beradi. Şuningdek, turklarning özi ham Bodrumda dam olişni sevadi.
Sönggi paytlarda Bodrum MDH va Markaziy Osiyo, xususan özbekistonliklar orasida ham maşhur bölib bormoqda. Özbekistondan har şanba Bodrumga charter reysi qöyilgan.
Çunki Bodrumda maroqli hordiq çiqariş uçun barça şaroitlar muhayyo: oq qumli şaffof dengiz, şirindan şakar taomlar, qiziqarli tungi hordiq va madaniy osori-atiqalar. Uning eng asosiy ustunligi — tiniq va toza suvni bildiruvçi Moviy bayroqqa ega 70 ga yaqin plyajlaridir.
Ha, Turkiya özining ajoyib kurortlari va sohillari bilan maşhur. Biz esa uşbu maqolada nega aynan Bodrumda dam oliş kerakligi xususida yettita sababni sanab ötamiz.
1. Toza havo va tabiat.
Egey va Örta yer dengizlari birlaşadigan körfaz içiga kirib borgan Bodrum yarimoroli özining maftunkor tabiati, toza havosi bilan sizga, albatta, yoqadi.
Bodrumda odamni holsizlantiradigan jazirama issiq va namlik yöq, tunlar ham u qadar salqin bölib ketmaydi. Yoz oylarida kunduzlari havo 28-32 daraja, tunlari 24-28 daraja atrofida saqlanadi. Bemalol sayr qiliş mumkin.
Orasta va gullarga burkangan köçalar esa közlaringizni quvontiradi.
2. Moviy plyajlar va buxtalar
Bodrum özining tiniq va moviy dengizlari, oq qumli plyajlari bilan maşhur. Turkiya tozaligi uçun taqdim etiladigan Moviy bayroqqa ega plyajlari bilan jahonda uçinçi örinni egallaydi. Bodrumdagi plyajlarning barçasi Moviy bayroqqa ega.
Mavzuga oid
Iyun oyidan boşlab dengiz suvining harorati tanga eng yoqadigan daraja — 23-25 gradusgaça kötariladi va avgust oyining oxirlarigaça saqlanib turadi.
Bodrumning lojuvard plyajlari köproq toşli, biroq qumli plyajni istaydiganlar bunaqasini ham topib, bemalol quyoşda toblanişi mumkin. Eng yaxşi qumli plyajlar, Bitez, Gumbat, Örtakent, Oqyorlar va Turğutraisda joylaşgan — tanlayverasiz.
Bodrumda kema sayri, dengizda çömiliş sizga takrorlanmas taassurotlar taqdim etadi. Qoraada va Bodrum yarimorolining lojuvard qöltiqlari böylab kemada sayr qilişingiz va tiniq dengiz suvlarida çömilişingiz mumkin.
3. Ajoyib va haşamatli hotellar.
Bodrumning hotellari mehmonlarga yuqori komfort darajasini taqdim etadi. Töğri, narxlari Antalya va Marmarisdagidan biroz yuqoriroq. Lekin unutmang, Bodrum elitali va haşamatli kurort hisoblanadi. Şu sabab bu yerdagi barça narsa şu darajaga mos.
Mehmonxonalarda all inclusive va ultra all inclusive darajasida xizmat körsatiladi.
Bodrum oilaviy dam oliş uçun emas, degan notöğri qaraş bor. Aslida oilaviy dam oliş uçun barça infratuzilmaga ega ajoyib mehmonxonalar köp. Mehmonxonalarda bolalar çömiladigan hovuzlar, attraksionlar, öyin maydonlari qilingan.
Turkiyaning boşqa kurort şaharlaridan farqli ölaroq, Bodrumda uylar ma’lum bir qoidalar asosida, oq rangli qilib quriladi. Bu yerda boşqa şaharlarga xos köp qavatli uylar yöq. Haşamatli va katta mehmonxonalarni hisobga olmasangiz, uylar köpi bilan 2-3 qavatli, kottej tipida qurilgan.
Turklarning köpçiligi va hattoki xorijliklar ham Bodrumda yozgi uylariga ega. Istanbulliklar yozda Bodrumga köçib kelişadi, şu sababli bu yerni «Kiçik Istanbul» deb ham ataşadi.
5. Osori-atiqalar
Bodrum özining köhna tarixi bilan ham mehmonlar e’tiborini tortadi.
Aleksandr Makedonskiy hozirgi Bodrum hududini Porsiya yurişi davrida egallab, bu yerda qönalğa taşkil etgan va uni Halikarnas deb atagan. Bu şahar uzoq asrlar mobaynida muhim savdo markazi bölib xizmat qilgan.
Bu şaharda Herodot tuğilgan. Bu yerda jahonning antik yetti möjizasidan biri Halikarnas mavzoleyi qoldiqlari saqlanmoqda. Qadimda yunonlar uşbu şaharda qal’asi devorlari, saroylar, teatrlar, ibodatxonalar va amfiteatrlar qurilgan.
Bodrumda bugun tarixiy osori-atiqalarning köpçiligi saqlanib qolgan. Ularni, albatta, tomoşa qiliş kerak. Masalan, avliyo Pyotr qasri, Halikarnas mavzoleyi qoldiqlari, Bodrum amfiteatri şular jumlasidan. Şuningdek, jahondagi eng yiriklaridan bii hisoblanuvçi suvosti arxeologiyasi muzeyida çökib ketgan kemalar, haykallar va boşqa qadimiy osori-atiqalarni tomoşa qiliş mumkin.
6. Gumuşluk va Yaliqavaq
1980-yillarda bu yerlarda baliqçilar qişloğidan bölak heç narsa bölmagan. Öşa harorat va manzara Gumuşlukda saqlanib qolgan. Biroq göşaning gözalligi haqidagi gap-sözlari elita orasida tezda tarqaladi va Bodrumda zodagonlar hamda intellektuallar hordiq çiqara boşlaydi.
Taniqlilar va millionerlar paparatssilarning sevimli mavzusi bölgani sababli, şahar tez orada tanilib, şuhrat qozona boşlaydi va haşamatning sinonimiga aylanadi.
Bugungi Yaliqavaq qimmatbaho yaxtalar töplanadigan ajoyib maskandir. Jahonga maşhur brendlarni Yaliqavaqda köriş mumkin. Turk kinosi va estradasi yulduzlari ham töplanib turişadi.
Gumuşlukdagi quyon oroli
Gumuşluk esa manzarali dam oliş maskaniga aylangan. U sohil böylab piyoda sayr qiliş uçun juda xos joy. Masalan, qadimda qurilib, bugungi kunda suvga ğarq bölgan Quyon oroliga piyoda ötkazuvçi töğon qoldiqlari turistlarning sevimli joyi. Aynan şu yerda Halikarnas qiroli va qiroliçasi quyonlarni ovqatlantiriş va quyoş botişini tomoşa qilişni yaxşi körgan, deyiladi.
7. Yemaklar va şoping
Garçi Bodrum mehmonxonalarida «barçasi qöşilgan» tizimi böyiça işlasa ham, şaharga çiqib mahalliy taomlardan tatib köriş imkoniyati doimo sizda bor. Restoran va barlarning köpçiligi şundoqqina sohil böyida joylaşgan. Mazali taomlar, kokteyllar va qahva menyusi taqdim etiladi.
Lönda qilib aytganda, bir oylik maoş sarflanadigan restoranlarni ham, arzon hordiqni taklif etuvçi, barçasi qöşilgan mehmonxona taomlarini ham tanlaş imkoniyati bor.
Turkiyadan esdalik bölib qolişi uçun biror esdalik xarid qilmoqçi bölsangiz har qadamda sizni suvenirlar dökoni qarşi oladi. Şuningdek, jahon brendlari hamda maşhur turk dizaynerlaridan qimmatbaho kiyimlar ham xarid qiliş mumkin.
Bodrumning eng katta savdo markazlari «Oasis» va «Emelse» hisoblanadi.
Yaqinlaringizga, albatta, turk şirinliklarini olib kelişni yoddan çiqarmang. Ularni markaziy bozordan xarid qilganingiz ma’qul.
Mumkular va Çöqmaqdağ qişloqlarida esa uy uçun bezaklar, xususan, ajoyib gilamlar qöl mehnati bilan tayyorlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi