Turkiyadagi örmon yonğinlari iskanjasida qolgan viloyatlar falokat hududi deb e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öz Twitter sahifasida ma'lum qildi. Gap Antaliya, Adana, Mersin, Muğla va Usmoniya viloyatlari töğrisida ketmoqda.

«Biz mamlakatimiz yarasini tuzatiş va zararni qoplaş uçun barça zarur çoralarni körişda davom etamiz», — deb yozdi u.

Turkiya örmon va qişloq xöjaligi vaziri Bekir Pakdemirlining sözlariga köra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgaça 98ta örmon yonğini qayd etilgan, ulardan 88tasini öçirişga muvaffaq bölingan.

Erdöğanning vakili Ibrohim Qalin yonğinlarni Turkiyaning milliy falokati deb atadi. U prokuratura yonğinlarning kelib çiqiş sababini örganayotganini aytdi.

Yonğinlar oqibatida Antaliya da uç, Marmarisda bir kişi halok bölgan, 138 kişi şifoxonaga murojaat qilgan.