
Keça, 17 iyun kuni soat 17:45 larda Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Kengdala” örmon xöjaligi bölimiga qaraşli arçazorlarga tutaş hududda quruq ötlar yonişni boşlagan.
Kelib tuşgan xabar böyiça viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan hamda ertasi kuni tongda yonğinni öçirgan.
«Xabarga asosan zudlik bilan yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, tegişli xizmatlar va köngillilar hamkorligidagi harakatlar natijasida 3 gektar maydondagi yonğin öçoği 18 iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etilib, keng maydonlarga tarqalişi oldi olindi», deyiladi FVV xabarida.
Ma’lum bölişiça, yonğinni bartaraf etişga viloyat FVBdan 85 nafar şaxsiy tarkib, 4 ta texnika, örmon xöjaligi bölimidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatçi va bitta harbiy vertolyoti, mahalliy aholidan 40 nafar köngilli jalb etildi.

Şuningdek, sodir bölgan yonğinni bartaraf etiş jarayonida yonğin öçoğini monitoring qiliş uçun çegara qöşinlarining uçuvçisiz uçiş vositalari – dronlardan unumli foydalanilgan.
FVV yonğin kelib çiqiş sabablari va zarar kölamiga töxtalmagan. FVV matbuot kotibi Kun.uz'ga voqea sabablari örganilayotgani va natijasi böyiça qöşimça ma’lumot berilişini aytdi. FVVga köra, yonğin natijasida jarohat olganlar yoki vafot etganlar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.












