Kun.uz mavzu yuzasidan atrofliça suriştiruv ötkazdi.

Voqea tarixi

Ijtimoiy tarmoqlarda qoraqalpoğistonlik talaba Kamol Sodiqov Xalqaro matematika olimpiadasi ğolibi bölgani, tuman hokimi esa mazkur muvaffaqiyat evaziga bir parça taşakkurnoma bilan taqdirlagani turli istehzo va kesatiqlarga sabab böldi.

Jurnalist Alişer Nazar Facebook'dagi sahifasida fan olimpiadasi ğoliblariga faxriy yorliq, sport musobaqasi ğoliblariga esa maşina, uy, yuz minglab dollar berilayotganini Şarq didaktik adabiyotiga xos ustoz va uning şogirdining suhbati talqinida bayon qiladi.

Bir neça marta ulaşilgan bu postga köpçilik xayrixohlik bildirib, muallifga hamfikr bölganini köriş mumkin. Jumladan, jurnalist Adiba Umirova sportçilarga boşqa, fan olimpiadasi ğoliblariga boşqaça munosabat bölişini Özbekistonda ta'lim sifati çirib ketgani bilan izohlagan. U ta'lim tizimida korrupsiya çuqur ildiz otgani tufayli oddiy odamlarning bilimdon bolalari Qozoğiston, Rossiya, Turkiya va boşqa mamlakatlarda öqişga majbur bölayotganini aytadi.