14-24 iyul kunlari dunyoning 110 davlatidan 623 nafar öquvçilar iştirok etgan 62-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) natijalari e'lon qilindi.

Natijalarga köra, Buxoro viloyati 5-IDUM öquvçisi Diyorbek Tolipov kumuş medalni, Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi öquvçisi Olimjon Olimov bronza medalni va mazkur maktab öquvçisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qölga kiritdi.

Şuningdek, 18-23 iyul kunlari dunyoning 76 ta davlati örtasida ötkazilgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida özbekistonlik öquvçilar 2 ta oltin, 1 ta kumuş medalni qölga kiritdi:

  • Humoyun Norbekov -JDPI akademik litseyi 2-bosqiç öquvçisi - oltin medal;
  • Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik litseyi 1-bosqiç öquvçisi - oltin medal;
  • Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM öquvçisi - kumuş medal.

Ayni kunlarda özbekistonlik öquvçilar Xalqaro fizika hamda kimyo olimpiadalarida ham iştirok etmoqda.

Prezidentning fan olimpiadalari ğoliblarini rağbatlantiriş borasidagi qaroriga köra, nufuzli fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilar va ularning öqituvçilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-örin (oltin medal) uçun – öquvçiga bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari (122,5 mln. söm), öqituvçisiga – 450 baravar (110,25 mln. söm);

2-örin (kumuş medal) uçun – öquvçiga bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravari (73,5 mln. söm), öqituvçisiga – 250 baravar (61,25 mln. söm);

3-örin (bronza medal) uçun – öquvçiga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari (49 mln. söm), öqituvçisiga –150 baravar (36,75 mln. söm).

Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar va ta'lim muassasasi direktorlari navbatdagi öquv yili uçun direktor jamğarmasidan quyidagiça qöşimça ustama oladi:

1-örin (oltin medal) uçun – 200 foiz;

2-örin (kumuş medal) uçun – 175 foiz;

3-örin (bronza medal) uçun – 150 foiz.