
2021 yilning 2-7 avgust kunlari talabalar örtasidagi Xalqaro Matematika musobaqasi (IMC — International Mathematical Competition) bölib ötdi. Uşbu olimpiadada 55dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba iştirok etdi. Jumladan, Massaçusets Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQŞ), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester (Buyuk Britaniya) va boşqa nufuzli universitetlardan talabalar qatnaşişdi.
Olimpiadada iştirok etiş uçun Özbekiston Milliy universiteti, Urganç davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Guliston davlat universiteti talabalaridan iborat terma jamoa şakllantirilib, mart oyidan buyon tayyorgarlik işlari olib borilgan.
Terma jamoaga Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari murabbiylik qilişgan. Şuningdek, talabalarning olimpiadada iştiroki uçun badal tölovi ham mazkur muassasa huzuridagi "Matematika fani va ta'limini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi" hisobidan amalga oşirilgan.







