Şu yilning iyul-avgust oylarida ötkazilgan xalqaro fan olimpiadalarida özbekistonlik öquvçilar jami 10ta (3ta oltin, 2ta kumuş va 5ta bronza) medal qölga kiritgandi.
Keça, 17 avgust kuni Toşkent şahrida olimpiada ğoliblari va ularning öqituvçilarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda iştirok etgan boş vazir örinbosari Behzod Musayev özbek sportçilari Tokioda ötgan XXXII yozgi Olimpiya öyinlarida munosib iştirok etgani hamda şu kabi yutuqlar nufuzli fan olimpiadalarida ham davom etgani haqida gapirdi.

“Bugungi qahramonlarimiz matematika, biologiya, fizika va kimyo fanlari böyiça dunyoning eng nufuzli olimpiadalarida jami 10ta medal jamğarişdi. 2020 yilda esa biz 6ta medal olgandik. Xursand böladiganimiz – bizda natijalar ham son, ham sifat jihatidan oşib boryapti”, – dedi u.
Marosimda matematika (IMO), fizika (IphO), kimyo (IChO), biologiya (IBO), informatika (IOI) fanlari böyiça xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilar va ularning öqituvçilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
1-örin (oltin medal) uçun – öquvçiga 122.5 mln söm, öqituvçisiga – 110,25 mln söm;
2-örin (kumuş medal) uçun – öquvçiga 73.5 mln söm, öqituvçisiga – 61,25 mln söm;
3-örin (bronza medal) uçun – öquvçiga 49 mln söm, öqituvçisiga – 36,75 mln sömlik sertifikatlar topşirildi.





















