Joriy yilning 7-8 avgust kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad şahrida universitet talabalari örtasida ötkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida (IMC – International Mathematics Competition) özbekistonlik talabalar 15ta medal qölga kiritgani haqida xabar qilingandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ular munosib taqdirlanmagani yuzasidan turli e'tirozlar bildirildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bu muhokamalar yuzasidan rasmiy munosabat berib, bu köplab davlatlardan iştirokçilarni jalb qilgan mahalliy tadbir hisoblanişini ma'lum qildi.

«Sönggi kunlarda uşbu musobaqada ğolib bölgan talabalar e'tibordan çetda qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma'lumotlar tarqalib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “olimpiada” deb atalgan bu tadbir aslida fan musobaqasi bölib, olimpiada maqomiga ega emas. Bu tadbirning veb-sayti örganilganida, şunday xulosaga kelindiki, bu köplab davlatlardan iştirokçilarni jalb qilgan mahalliy tadbir. U lokal xarakterga ega bölib, xalqaro ilmiy akademik doiralarda yuqori reytingga ega emas», deyiladi vazirlik munosabatida.

Şuningdek, ğolib talabalarga alohida e'tibor qaratilib, ular noutbuk, planşet hamda kitob jamlanmalari bilan taqdirlangani haqida ma'lumot berilgan.

Öz navbatida, respublika matematiklar hamjamiyati bu fikrlarga e'tiroz bildirdi. Qayd etilişiça, IMC – bu talabalar örtasida bölib ötadigan eng nufuzli olimpiada bölib, 1994 yildan buyon ötkazilib kelinadi. 2021 yilda ötkazilgan mazkur musobaqada dunyoning 50 davlatidan 112 jamoa iştirok etdi va ular THE World University Rankings reytingi böyiça joriy yilda eng nufuzli örinlarni egallagan.

«Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining bu rasmiy munosabati uşbu olimpiadada iştirok etgan, iştirok etiş uçun yillar davomida tayyorlanib kelayotgan minglab yoşlarning, qolaversa, Matematika faniga qiziqişi bor yoşlarning ruhiyatiga va ijtimoiy muhitiga salbiy ta'sir qilayotganligini ma'lum qilamiz», deyilgan matematiklar hamjamiyati munosabatida.