2023 yilning 3 iyun kuni Yuqori Çirçiq tumanida yaşagan, 1987 yilda tuğilgan fuqaro bir qator öğrilik jinoyatlarini sodir etişda gumonlanib uşlangan va Böka tumani IIBdagi “Fuqarolarni vaqtinça saqlaş xonasi”ga joylaştirilgan. Şu kuni soat 23:30da gumonlanuvçining soğliği yomonlaşganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmati çaqirtirilib, şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Aniqlanişiça, 3 iyun kuni soat taxminan 22:00 da gumonlanuvçi Böka tumani Jinoyat qidiruv bölimining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus sörov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib çiqilib, u bilan boşqa jinoyatga aloqadorligi böyiça suriştiruv ötkazilgan. Jarayonda fuqaroning soğliği yomonlaşib, keyinçalik ölimi yuz bergan. Tayinlangan birlamçi sud-tibbiy ekspertizasining taşxisiga köra fuqaroning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, voqeaga aloqador bölgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olingan.

Mazkur iş ortidan xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgan bir qator IIB mas’ullari lavozimdan olingan. Bundan taşqari, mazkur salbiy holatga aloqador bölgan tezkor xodimlar içki işlar organlari tizimidan böşatilgan.

Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari marhumning qorin sohasiga urgani va böyin qismidan böğib qiynaganini körsatgan.

Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda keltirilişiça, marhumda kökrak qafasi çap tomonlama 5-qovurğaning töş sohasiga birikib, yopiq sinişi, atrof töqimalariga qon quyilişi, qorin parda osti, ingiçka içak va içak tutqiçlariga köp miqdorda qon quyilişlari, böyinning qalqonsimon toğay va til osti suyagi sohalari töqimalariga qon quyilişi kabi jarohatlar aniqlangan.

2023 yil 1 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Örtaçirçiq tumani sudida IIB xodimlariga hukm öqildi.

Hukmda körinişiça, fuqaroning ölimida 4 nafar xodim aybdor deb topilgan. Ular – Böka tumani IIB JQB boşliği bölgan 37 yoşli J.S., bölimning tezkor vakillari – 38 yoşli D.J. hamda 31 yoşli Ş.Ğ., şuningdek, Böka tumani IIB profilaktika inspektori, 31 yoşli S. T.