Toşkent viloyati Böka tumani hokimi Nizomiddin Abbosov soğligi yomonlaşgani tufayli öz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev iştirokidagi sessiyada ma’lum qilindi.

Viloyat hokimi tuman hokimi lavozimiga Baxtiyor Paxriddinoviç Begmatov nomzodini tavsiya etdi. Xalq deputatlari Böka tumani Kengaşi uşbu nomzodni tumanning yangi hokimi etib tayinlaş töğrisida qaror qabul qildi. 

B.Begmatov 1976 yili Toşkent viloyati Parkent tumanida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 1998 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2001 yil prezident huzuridagi davlat va jamoat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

U faoliyati davomida Nurafşon şahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, Toşkent viloyati Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.

Tayinlovga qadar Toşkent viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği örinbosari - mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

Muqaddam Xalq banki boşqaruvi raisi örinbosari bölib işlagan Nizomiddin Abbosov Böka tumaniga 2020 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Nizomiddin Abbosov