Böka tumanida 20 yoşli ayolning tuğuruqxonada vafot etgani haqida ayolning yaqinlari olgan videosi tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi bergan rasmiy munosabatga köra, 2004 yilda tuğilgan ayol Toşkent viloyati Böka tumani tibbiyot birlaşmasining tuğuruq bölimiga 17 noyabr kuni soat 14:30 lar atrofida kelgan. Ayolni uning onasi yöllanma asosida olib kelgan. Ma’lum bölişiça, bemor “Homiladorlik-I, 30 hafta, siydik yöli infeksiyasi, semizlik-III daraja” dastlabki taşxisi bilan muassasaga yotqizilgan. “Şunga qaramay, ayol öşa kuni soat 17:10 lar atrofida tilxat asosida şifoxonadan çiqib ketgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

20 noyabr kuni soat taxminan 04:50 da bemor N.S. tuğuruq bölimiga qayta murojaat qilgan va tanasida şişlar hamda sariqlik belgilari bilan oğir ahvolda qabul qilingan. Unga “Homiladorlik-I, 30 hafta, siydik yöli infeksiyasi, ötkir yoğli gepatoz, anemiya örta oğir daraja, semizlik-III daraja” dastlabki taşxisi qöyilgan. Soat 13:10 lar atrofida davolaniş vaqtida ayolning ahvoli oğirlaşgan va şifokorlar konsiliumidan söng bemor reanimatsiya bölimiga ötkazilgan. Uning holati böyiça viloyat perinatal markaziga xabar berilgan.

Vazirlik ayolning salomatlik holati hisobga olinib soat 14:55 da jarrohlik amaliyotiga olingani va operatsiya çoğida bemorda barça in’yeksion muolajalar tibbiy körsatmaga muvofiq bajarilganini qöşimça qilgan. Lekin N.S.ning umumiy ahvoli jarrohlik amaliyoti bajarilayotgan davrda yanada oğirlaşib, klinik ölim holati sodir bölgan. Tegişli reanimatsion muolajalar bajarilişiga qaramay, bemorda soat 17:50 atrofida biologik ölim qayd etilgan.

Dastlabki xulosaga köra, holat sababi sifatida öpka arteriyasining tromboembolik sindromi, oğir gepatoz, ötkir jigar yetişmasligi, urosepsis, septik şok qayd etilgan va soat 20:00 lar atrofida prokuratura organlariga rasmiy axborot berilgan. “Holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining boş akuşer-ginekologi rahbarligidagi işçi guruh xizmat tekşiruvini amalga oşirmoqda. Öz navbatida, Böka tumani prokuraturasi tomonidan ona ölimi böyiça suriştiruv işlari olib borilyapti”, – deyilgan rasmiy xabarda.

Vazirlik tibbiyot muassasalarida sodir bölgan har qanday ölim holatlari patanatomik tekşiruvga yoki sud-tibbiy ekspertizaga, biologik ölim qayd etilgandan söng ikki soat davomida yönaltirilişini eslatgan.