Mamlakatimizda veterinariya va çorvaçilik sohasining Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tizimidan ajratilib, alohida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi sifatida taşkil etilişi, şubhasiz, mazkur tarmoqlarni jadal rivojlantiriş, seleksiya-naslçilik işlariga xalqaro moliya institutlarining grant mablağlarini jalb etiş, veterinariya sanoatida jozibali investitsiyaviy muhit yaratilişiga zamin böldi.

Ayni paytda çorvaçilik va uning tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan quyidagi loyihalar amalga oşirilmoqda.

Birinçidan, yurtboşimizning 2017 yil 19 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokidagi “Özbekiston Respublikasida çorvaçilik sektorini rivojlantiriş” loyihasi doirasida 150 mln AQŞ dollari miqdoridagi kredit mablağlari ajratildi.

Şundan 142,3 mln AQŞ dollari tadbirkorlik sub'yektlariga tijorat banklari, jumladan “Xalq banki” (61,6 mln dollar, 43%), “Özsanoatqurilişbank” (16 mln dollar, 11%), “Turon bank” (11,5 mln dollar, 8%), “Ipotekabank” (11,3 mln dollar, 8%), “Aziya Alyans bank” (8,5 mln dollar, 6%), “Aloqabank” (10 mln dollar, 7%), “Davrbank” (3,4 mln dollar, 2%), “Qişloqqurilişbank” (10 mln dollar, 7%) va “Asakabank” (10 mln dollar, 7%) tomonidan kredit sifatida berildi.

Natijada fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan amalga oşirilgan 504 ta loyiha moliyalaştirildi. Jumladan, 29 ming boş yirik şoxli va 16,5 ming boş mayda şoxli mol, 710 boş ot va tuya, 2,5 mln boş parranda boqiş quvvatiga ega çorvaçilik komplekslari işga tuşirildi. Şuningdek, baliq yetiştiriş va sutni qayta işlaş texnologiyalari xarid qilinib, 6 mingdan ziyod yangi iş örinlari yaratildi.

Foto: Veterinariya qömitasi

Loyiha doirasida veterinariya xizmatini rivojlantiriş uçun ajratilgan 2,0 mln. AQŞ dollari kredit mablağlari va Yevropa Ittifoqining grant mablağlari hisobidan Xalqaro epizootik byuroning konsultantlari bilan hamkorlikda veterinariya xizmatini xalqaro standartlarga moslaştiriş uçun zarur asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar va xizmat turlari va ularni xarid qiliş uçun talab etiladigan investitsiyalar, Xalqaro moliya taşkilotlarining kredit va grant mablağlari miqdori va qiymati böyiça hisoboti tayyorlandi.

Özbekiston Respublikasi veterinariya xizmatining 2020-2030 yillarga möljallangan rivojlaniş konsepsiyasi işlab çiqildi. 

Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, ularni hisobga oliş, hisobdan çiqariş va saqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida hayvonlarni identifikatsiya qiliş böyiça konsepsiya işlab çiqildi.

Xalqaro epizootik byuroning ekspertlarini jalb qilgan holda veterinariya xizmati laboratoriyalari örganildi va kerakli tavsiyalar tayyorlandi.

Foto: Veterinariya qömitasi

Veterinariya muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida 14 ta dezinfeksiya qiluvçi transport vositalari, 14 ta avtorefrijyerator, 1 dona maxsus avtotransport vositasi, 2 dona ultrabinafşa nur bilan havoni zararsizlantiruvçi filtr xarid qilindi.

Bundan taşqari, video-konferens-aloqa uskunalari, 1000 dona avtomat şprits va 24 ta çegara veterinariya punktlari uçun laborator ekspress-analizatorlar yetkazib berildi.

Ikkinçidan, davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 noyabrdagi qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Çorvaçilik sohasida qöşilgan qiymat zanjirini yaratişni rivojlantiriş” loyihasiga 150 mln AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratildi.

Uşbu loyiha hisobidan çorvaçilik tarmoqlarini moliyalaştiriş uçun 146 mln dollar (97,3%) va sohani qöllab-quvvatlaş xizmatlari va loyihani boşqariş işlariga 4 mln dollar (2,7%) yönaltirildi.

Bugungi kungaça loyiha hisobidan 108,04 mln AQŞ dollari özlaştirilib, 463 ta loyihalar amalga oşirildi. Natijada, 30 486 boş qoramol, 52 949 boş mayda şoxli qoramol, 16 176 boş quyon, 2390 ming boş parranda, 273 boş ot, 134 dona qişloq xöjaligi texnikasi, yiliga 30 tonna asal işlab çiqariş, 10 466 tonna sutni qayta işlaş, 7 609 tonna baliq yetiştiriş, 2002 tonna göştni qayta işlaş, 219 750 tonna yem işlab çiqariş, 400 tonna junni qayta işlaş quvvatiga ega bölgan uskunalar xarid qilindi va 12 ta yangi ferma qurildi.

Uçinçidan, yurtboşimizning 2017 yil 22 fevraldagi qaroriga muvofiq Qişloq xöjaligi taraqqiyoti xalqaro jamğarmasi tomonidan “Özbekistonning sutçilik sohasida qöşilgan qiymat zanjirini rivojlantiriş” loyihasiga 23,9 mln AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratildi.

Uşbu mablağlar hisobidan “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” va “Qişloq quriliş banki” tomonidan Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlaridagi loyihalar moliyalaştirildi. Bugungi kungaça uşbu loyiha doirasida 16,3 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar özlaştirildi. Natijada 413 ta loyiha doirasida xorijiy davlatlardan 4,290 ming boş naslli yirik şoxli qoramol, 17 ta loyiha doirasida eng sönggi ilğor texnologiyalar asosida kuniga 6 tonna sutni qayta işlaş uskunalari va soatiga 1 tonna yem işlab çiqariş uskunalari, va 92 dona qişloq xöjaligi texnikalari xarid qilindi, 1301 nafardan ziyod doimiy işçi örinlari yaratildi.

Törtinçidan, Qişloq xöjaligi taraqqiyoti xalqaro jamğarmasi bilan hamkorlik dasturi doirasida “Qişloq xöjaligini diversifikatsiyalaş va modernizatsiyalaş” loyihasi hisobidan Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridagi loyihalarni amalga oşiriş uçun 2,25 mln AQŞ dollari ajratildi. 

Foto: Veterinariya qömitasi

Loyiha doirasida veterinar va zootexniklarni öqitiş, zamonaviy veterinariya klinikalarini quriş hamda jihozlaş, avtotransport bilan ta'minlaş va 1 ta rayon misolida çorva mollarini identifikatsiya qiliş tizimini joriy etiş közda tutilgan.

Andijon viloyati Xöjaobod tumani “Xidirşa” MFY hududi va Farğona viloyati Marğilon şahar “Navröz” MFY hududida bittadan veterinariya klinikalari qurib bitkazildi. Hozirda mazkur veterinariya klinikalarini jihozlaş, zamonaviy laboratoriya uskunalarini xarid qiliş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.

Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati.

Reklama xuquqi asosida.