Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 20 570 nafar öğil farzandga Muhammadali, 21 323 nafar qizga Soliha ismi berilgan.
Ma'lum bölişiça, Özbekistonda 9 oyda tuğilgan 351 897 nafar öğil va 326 997 nafar qizga tuğilganlik haqida guvohnomalar berilgan.
Kun.uz DXA matbuot xizmatidan olgan qöşimça ma'lumotga köra, joriy yilda qizlarga Soliha ismidan taşqari Muslima (11 844), Şukrona (8 085), Imona (7 487), Mubina (5 326) ismlari ham köp qöyilgan.
Öğil bolalar ismlarining top 5 taligida esa Muhammadalidan taşqari Muhammad (12 232), Abdulloh (11 223), Mustafo (9 648), Imronbek (7 950) ismlari ham bor.
Muhammadali va Soliha ismlari 2019 va 2020 yillarda ham Özbekistonda eng köp qöyilgan ismlar bölgani ma'lum qilingandi. Jumladan, 2020 yilda 19 383 nafar öğil bolaga Muhammadali, 18 616 nafar qizga Soliha ismi berilgan.












