NASA barça xohlovçilarni Saturnning yöldoşi - Titanga öz ismini yuborişga taklif qildi. Uşbu yöldoşni keng kölamli Dragonfly missiyasi doirasida uçuvçi apparat örganişi rejalaştirilgan. Agar hammasi reja böyiça ketsa, apparat Titanga 2034-yilda yetib boradi.
Odamlarni Quyoş tizimining olis hududlariga yuborişga, ehtimol, hali ança vaqt bor. Biroq har kim öz ismini Titanga yuborişi mumkin. Bu yöldoş yuzasida hayot paydo bölişi uçun zarur kimyoviy tarkibiy qismlar mavjud. Dragonfly missiyasi ularni örganişga yordam beradi.
Dragonfly - yöltanlamas avtomobil kattaligidagi, yadroviy energiyada işlaydigan va kötaruvçi parraklar bilan jihozlangan uçuvçisiz uçiş apparati. NASA uni 2028-yilda Titan tomon uçirişni rejalaştirmoqda. Yaqinda AQŞ kosmik agentligi maxsus sahifa oçdi. Unda barça xohlovçilar apparat bortida yuboriş uçun öz ismini qoldirişi mumkin. Iştirokçilarning ismlari Dragonfly yiğilayotgan paytda maxsus çipga yoziladi. Arizalar 2027-yil 15-yanvargaça qabul qilinadi.
NASA missiyaning «odatiy yönalişi» bölmasligini taʼkidladi: 2034-yilda Titanga yetib borgaç, Dragonfly yöldoşning bir-biridan bir neça kilometr uzoqlikda joylaşgan turli hududlari örtasida uçib yuradi.
Dragonfly boşqa osmon jismida işlaydigan sanoqli uçuvçi apparatlardan biri böladi. Ularning birinçisi 2021-yilda Perseverance marsoxodi bilan birga Marsga yetib borgan kiçik Ingenuity vertolyoti edi. Perseverance hozir ham işini davom ettirmoqda. Ingenuity dastlab atigi beşta parvoz uçun möljallangan bölsa-da, 72-marta parvoz qildi. Uning missiyasi 2024-yil 18-yanvarda qöniş vaqtida kötaruvçi vint parraklari şikastlangaç yakunlandi.
Hozir NASA Mars uçun SkyFall nomli yana bir vertolyot missiyasini işlab çiqmoqda. Unda uçta apparatdan foydalaniş nazarda tutilgan. Missiya Qizil sayyora tomon 2028-yil oxiridayoq yöl olişi mumkin.
Biroq Dragonfly Titanga yönaltirilgan birinçi missiya bölmaydi. Undan avval Huygens zondi Cassini kosmik apparatidan ajralib çiqib, 2005-yil 14-yanvarda yöldoşga qöngan. Zond uning yuzasida bor-yöği bir neça soat işlagan bölsa-da, atmosferada ölçovlar ötkazişga va bevosita Titanda maʼlumotlar töplaşga ulgurgan. Huygens Quyoş tizimining taşqi qismidagi osmon jismiga yetib borgan birinçi qöniş apparati bölgan.
Cassini öz missiyasi 2017-yil sentabrda yakunlangunga qadar Titan yonidan 100 martadan ortiq uçib ötgan. Apparat orbitadan va yöldoşga yaqinlaşiş paytida u haqda qimmatli maʼlumotlar töplagan. Endi Dragonfly Titanni bevosita uning yuzasida va havodan turib, Yer hisobi böyiça taxminan 3,3 yil davomida örganişi kerak.













