Hujjatga asosan "Ğijduvon" EIZ hududini kengaytiriş uçun Peşku tumani “Jongeldi” MFYdagi va Qorovulbozor tumani “Bözaçi” MFYdagi 100 gektardan böş turgan yer uçastkalari qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan boşqa yer toifasiga ötkaziladi. Mazkur yer uçastkalari davlat mulki sifatida davlat röyxatidan ötkazilgan holda, "Ğijduvon" EIZ direksiyasiga doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratiladi.
"Ğijduvon" EIZning yangi hududlarida ustuvor ravişda quriliş sanoatini rivojlantirişga yönaltirilgan loyihalar amalga oşiriladi.
"Ğijduvon" EIZning hududida, şu jumladan yangi taşkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini ajratiş prezidentning PF-5600-son farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oşiriladi.
"Ğijduvon" EIZga yer maydonlari ajratilişi bilan boğliq qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklari örnini qoplaş böyiça tölanadigan kompensatsiya tölovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.











