“Uçastkavoy”larning vazirga murojaatlari: boşqarma boşliği izoh berdi
|18:40 / 20.11.202149 2069 min
Sönggi kunlarda internetda içki işlar organlaridagi qonunsizlik va korrupsiya haqida şikoyat qilingan ikkita video tarqaldi. Kun.uz sobiq profilaktika inspektorlarining vazirga yöllagan murojaatlarida keltirilgan vajlar böyiça IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Berdialiyevdan izoh söradi.
Berdialiyevga köra, Farğona viloyati Quva tumanidan murojaat yöllagan Nozimjon Nişonov 2020 yil aprel oyida içki işlar tizimiga profilaktika inspektori sifatida işga qabul qilingan.
“U 2015 yilda Farğona davlat universitetini tamomlagan, lekin içki işlar organlarida könikmalari bölmagani uçun IIV tizimidagi öquv muassasalarida taşkil etilgan uç oylik kursda qayta tayyorlangan. Odatda yoş yigitlarga katta iş stajiga ega bölgan, amaliy iş tajribasiga ega bölgan xodimlardan murabbiy biriktiriladi.
Nişonovga biriktirilgan murabbiydan tuşgan ma'lumotlarga köra, u xizmatga tayinlanganidan unça köp vaqt ötmasdan, ya'ni 2021 yilning yanvar oyidan özini salbiy tomonlama körsata boşlagan. Içki işlar tizimi özini özi inventarizatsiyadan ötkazib, xodimlarining xizmat intizomini, xizmatga bölgan munosabatini, topşirilgan vazifalar ijrosini tekşirib boradi. Şaxsiy xavfsizlik xizmati kerak bölsa xufiyona, kerak bölsa oçiq tekşiruvlar ötkazib keladi.
Köp sonli içki işlar idoralari faqat xalq bilan işlaydi. Tizimda iş hajmi katta. Agar xodimlar faoliyati ustidan bunday nazorat örnatilmaydigan bölsa, davlat va hukumat oldidagi vazifalarimizni bajarolmay qolamiz. Şu maqsadda Nişonovning xodim sifatida mas'uliyatsiz ekani birinçi marta şu yilning yanvar oyidagi nazorat tadbirida aniqlangandi. Ya'ni tungi vaqtda xizmat maşinasida uxlab qolgan. Uşbu holat böyiça intizomiy jazo qöllaş prinsipiga asosan tanbeh jazosi e'lon qilingan.
Ikkinçi marta oradan köp ötmasdan Farğona viloyati IIB tomonidan fuqarolardan kelib tuşgan ariza va şikoyatlar ijrosi örganilganda köplab murojaatlarni körib çiqiş muddatlarini asossiz uzaytirib yuborgani, sifatsiz tekşirgani uçun intizomiy jazo sifatida hayfsan olgan.
Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nişonov
Bundan taşqari, uşbu xodim alohida nazoratga olinib, mehnat intizomiga amal qilişi böyiça ötkazilgan xizmat tekşiruvi davomida vakolatini suiiste'mol qiliş holatlari aniqlandi. Şundan söng bunday xodimning içki işlar tizimida bölişi xodimlarning obröyiga ta'sir qilişini inobatga olgan holda u içki işlar organlaridan komission tartibda xizmatdan böşatilgan”, dedi polkovnik Baxtiyor Berdialiyev.
Mavzuga oid
IIV mulozimi Nişonov lavozimini qay tarzda suiiste'mol qilganiga izoh berarkan, u pora olmagani, biroq tama qiliş holatlarigaça borgani haqida axborotlar kelib tuşganini aytdi.
Berdialiyevning işontirişiça, xizmat tekşiruvi davomida Quva tumani IIB rahbariyati tomonidan majburiy yuklama belgilangani, xodimlardan pul tama qilayotgani tasdiğini topmagan. U özi şaxsan Quvaga borib videomurojaatda tilga olingan mansabdorlar va xodimlar bilan suhbatlaşganini aytmoqda.
IIV HPBB boşliği, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev
“Videomurojaat orqali obröyimizga töğri kelmaydigan gaplarni aytgan, özining ma'muriy nazorat böyiça rahbarini ayblagan. Rahbari yuklama qöyayotgani, pul tama qilayotganini aytgan. Şaxsan özim Quvaga borib öşa rahbar bilan uçraşdim. Jamoasini örganiş böyiça xizmat tekşiruvi tayinladik. Jamoadagi xodimlar ham Nişonov töğrisida salbiy fikrga ega. Beş-oltita xodim xuddi u kabi videomurojaat qilib, Nişonovga işonmaslikka çorlab çiqişmoqçi edi, ammo biz buni töxtatdik. Sababi bunday videomurojaatga umuman zarurat yöq.
Molxona qurilişi böyiça quriliş materiallari talab qilinganiniyam suriştirdik. Rahbar videomurojaatda tilga olingan molxona çindan mavjudligini tan oldi. Faqat u tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi ukasiga tegişli ekani, Nişonov videomurojaatida qasddan bu molxonani ham özi qurdirayotganini qöşib ketgani haqida körsatma berdi. Uning sözlari qançalik rost-yolğonligiga prokuratura organlari aniqlik kiritadi.
Videomurojaatda sanab ötilgan holatlar böyiça bitta fakt tasdiqlansa ham bu bekitilmaydi va qonuniy baho beriladi”, deydi Baxtiyor Berdialiyev.
IIV boş boşqarma boşliği Namangan şahar IIB profilaktika inspektori katta leytenant Sardorbek Otaboyevning Facebook orqali vazirga yöllagan videomurojaatiga ham töxtalib, u IIV rahbariyatini aldaganini ta'kidladi.
Sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev
“Bu xodimimiz 2015 yilda IIV akademiyasini tamomlagan. U 2021 yil iyun oyida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga ötkazilgan. Yoş xodim bölgani uçun unga ham murabbiy biriktirganmiz. Vaziyatni bilib turişimiz uçun joylardagi rahbarlar va murabbiylardan ma'lumot olib turamiz. Bundan taşqari, qöşimça ravişda keça-yu kunduz işlab turadigan işonç telefonlarimiz bor.
Qolaversa, yoş xodimlarga rahbarlar tomonidan qandaydir bosim ötkazilganda yoki keçqurun murakkab vaziyatlarga tuşib qolganda qönğiroq qilişlari uçun har bir profilaktika inspektoriga telefon raqamlarimizni tarqatganmiz. Ular qönğiroq qilib yoki Telegram orqali töğridan töğri özimga murojaat qilişi mumkin.
Sardorbek ham Telegram orqali menga murojaat qilib, Namangan viloyati IIB xodimlari va tuman IIB rahbariyati öziga nisbatan notöğri xizmat tekşiruvi ötkazayotganini aytib, yordam söradi. Içki işlar vazirligidan Kadrlar bölimi boşliği öşa kunning özida voqea joyiga yetib borib, Otaboyev bilan uçraşdi. Nima bölganini batafsil suriştirdi. Sardorbek xizmat intizomini buzmagan bölsa ham undan işdan ketiş talab qilinayotganini, ayni paytda xavf ostidaligini, oilada yolğiz boquvçi ekanini aytib bergani uçun vaziyat böyiça çuqurroq tekşiruv ötkazildi.
Lekin tekşiruv davomida uning ustidan firibgarlik qilgani haqida murojaatlar kelib tuşgani aniqlandi. Aniqroği, “Ayollar daftari”da turgan bir ayolga yordam berişini aytib, uning nomiga bankdan katta miqdorda kredit olgani ma'lum böldi. Ayol özining nomiga kredit olinganini keyinroq bankdagilar uni izlab kelganidan söng bilib qoladi. Şunda Otaboyev 81 mln sömdan ortiqroq miqdordagi kreditni keyinroq unga tölab berişga va'da beradi. Biroq sözining ustidan çiqmaydi. “Ayollar daftari”da turgan, qiynalgan ayol oylik tölovlarni qanday tölaşini bilmay, tuman IIB rahbariyatiga bölgan voqealar haqida ma'lum qiladi.
IIV rahbariyatiga yolğon gapirib, aldagan, qolaversa, fuqaroning işonçiga kirib, uning nomiga kredit olib, pullarni unga olib bermagan xodimni vazirlik himoya qilişi kerakmi? Yoki fuqaroning manfaatlari ustunmi? Kim bölişidan qat'i nazar, u xoh profilaktika inspektori bölsin, xoh rahbar bölsin, qonunni buzsa, buning uçun javob beradi.
Uşbu vaziyatda öşa kunning özida töplangan hujjatlar prokuratura idoralariga yuborildi. 14 noyabr kuni keçki payt u firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olindi”, deya ma'lumot berdi Baxtiyor Berdialiyev.
Uning ta'kidlaşiça, birgina profilaktika inspektorining videomurojaatidagi gaplari bilan sohaning obröyi tuşib qolmaydi. Mulozim ijtimoiy tarmoq yoki OAV orqali aytilgan sözlar tasdiğini topmaydigan bölsa, buning uçun javobgarlikka tortilişi mumkinligini eslatib ötdi.
IIV HPBB boşliği, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev
“Ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qiliş – bu oçiqlik siyosatining natijasi, söz erkinligining bir körinişi, biz buni çeklamaymiz. Xoh içki işlar idoralari xodimlari bölsin, xoh fuqaro bölsin, qayerga çiqib qanday murojaat qiliş uning huquqi deb hisoblayman.
Içki işlar idoralari xodimlarining videomurojaati tarqalganda amaldagi tartibga köra zudlik bilan xizmat tekşiruvi tayinlanadi. Agar xodim va rahbari örtasida qarama-qarşilik vujudga kelsa yoki murojaatda qandaydir jinoyat haqida söz borgan bölsa yoxud OAV orqali kimgadir tuhmat qiliş haqida gap ketgan taqdirda, xizmat tekşiruvi davomida töplangan hujjatlar obektiv körib çiqiş uçun prokuratura organlariga yuboriladi.
Internetda tarqalgan har ikki videomurojaat böyiça töplangan hujjatlarni prokuraturaga yuborganmiz. Holat böyiça qarorni prokuratura organlari qabul qiladi, biz bu jarayonga aralaşmaymiz.
Köpinça odamlar yolğon yoki tuhmat gaplarni gapirib qöyişadi-da, iş prokuratura tomonidan körib çiqilib, haqiqat oydinlaşgandan keyin uzr sörab çiqişga yoki javobgarlikka tortilişga töğri kelişi haqida öylaşmaydi. Çunki internet orqali kimnidir ayblab çiqsa-yu, sözlari isbotini topmasa, bu şaxsning qadr-qimmati kamsitiş, haqorat yoki tuhmat hisoblanadi. Tabiiyki, bu harakat huquqiy oqibatlarni keltirib çiqaradi”, deya ta'kidlaydi IIV boş boşqarma boşliği.
Jamşid Niyozov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.