Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahar sobiq profilaktika inspektori şahar 2-sonli IIBdagi holatlar yuzasidan içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga yöllagan videomurojaati tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB va boş prokuratura izoh berdi.
Profilaktika inspektorining şov-şuvli murojaati
Namangan şahridagi 2-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi profilaktika inspektori, katta leytenant Sardorbek Otaboyev 12 noyabr kuni Facebook orqali içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga murojaat qilib, özi işlayotgan idorada sodir bölayotgan adolatsizliklar, tizimdagi korrupsiya haqida arz qilgandi.
Videomurojaatda u Namangan şahridagi 2-sonli IIB rahbari profilaktika inspektorlariga har kuni beştadan ma'muriy bayonnoma tuziş, bir yilda 2ta ma'muriy nazorat örnatiş kabi noqonuniy talablarni majburiy reja sifatida belgilab berganini, bu rejalarni bajarmagan xodimlarni esa işdan haydaş bilan qörqitib kelganini aytgan.
Şuningdek, videomurojaatda majburiy rejani bajarmay turib «gap eşitmaslik» yöli borligi haqida ham söz boradi. Video muallifining aytişiça, IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi boşliğiga 50 dollar “uzatilsa”, reja bajarilgan deb hisoblanadi.
Bundan taşqari, 2-sonli içki işlar bölimida taniş-bilişçilik va qarindoş-uruğçilik, mansabni suiiste'mol qiliş kabi noqonuniy harakatlar avj olgani ta'kidlangan. Rahbarlarning qonunga zid körsatmalariga qarşi çiqib, huquqini talab qilgan xodimlar haqoratlangan va ularga turliça bosim qilingan.
Rasmiylar munosabati
Namangan viloyati IIB axborot xizmati videomurojaat tarqalgan kuni holat yuzasidan munosabat bildirgan, Otaboyev xizmat mavqeyidan foydalanib, firibgarlik jinoyati sodir etganlikda gumonlanayotganini bildirgandi.
«2021 yil sentabr oyida fuqaro M.Yu.ning katta leytenant S.O.ning xatti-harakatlaridan norozi bölib yozgan arizasiga asosan ötkazilgan xizmat tekşiruvi davomida katta leytenant S.O. 2021 yil boşlarida Namangan şahrida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan fuqaro va uning birga yaşovçi öğli, 1994 yilda tuğilgan fuqaro hamda Namangan şahar Davlatobod tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan fuqarolarga kredit olib berişni va'da qilib, işonçiga kirib, ularning şaxsiga oid hujjatlari nusxalarini olib, söng rasmiy hujjatligini bilaturib, soxta ma'lumotlar kiritib, uşbu fuqarolarning nomlariga Xalq banki orqali 81.400.000 söm kredit olib, köp miqdordagi mulklarini qölga kiritib, özining ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlanib, tekşiruv yakuniga köra 2021 yilda katta leytenant S.O. egallab turgan lavozimidan ozod etilişi haqida xulosa qilingan.

















