Isroil: kasallanganlarning yarmi – bolalar 

Isroilda yangi kasallaniş holatlari sönggi olti haftada eng yuqori körsatkiçga yetdi. Şu bilan birga, kasallanişlarning yarmidan ortiği bolalar uluşiga töğri kelmoqda.

Isroilda yangi kasallaniş holatlarining katta qismi bolalarga töğri kelmoqda

8 dekabr kuni bu mamlakatda 786ta yangi kasallaniş holati qayd etildi. Bu 25 oktyabrdan keyingi eng yuqori körsatkiç böldi. Öşanda kasallik 929 kişida aniqlangandi.

Mamlakatdagi 5 971 nafar kasallanganlarning 14 foizini 5 yoşgaça bölgan bolalar taşkil etmoqda. Qolganlar, ya’ni 38 foizi – 5 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar. Ularga noyabr oyida ilk vaksinani qiliş boşlangan, biroq ular ham ham töliq emlangan deb hisoblanmaydi. Çunki vaksina olinganidan beri yetarliça vaqt ötmadi.

R koeffitsiyent – koronavirus taşuvçisidan virusni yuqtirgan odamlar örtaça soni - 1,09gaça ösdi. Bu esa yuqtiriş holatlari ösayotganini anglatadi.

Bu raqamlar joriy haftada yuz minglab isroillik öquvçilar Xanuka bayramidan maktabga qaytganidan keyin kuzatildi. Barça maktabgaça yoşdagi bolalar va 1-6-sinf öquvçilari sinfga ekspress testning manfiy natijasi bilan kelişlari kerak edi. Kasallikni yuqtiriş holatlari ortişiga qaramay, Isroilda ölim körsatkiçi ösmayapti. Sönggi haftalarda koronavirus asoratlaridan sakkiz kişi vafot etdi.

Kasallaniş holatlari köpayayotgani munosabati bilan boş vazir Naftali Bennett emlanmagan isroilliklarga nisbatan çeklovlar joriy etilişi haqida ma’lum qildi.

U «Yaşil ruxsatnoma» – olti oydan kamroq vaqt oldin töliq emlanganlik töğrisidagi guvohnomasi bölmagan odamlar istisno tarzda oziq-ovqat dökonlari va dorixonalardan taşqari, boşqa jamoat joylariga bora olmasliklarini joriy etişni taklif etdi.

Bundan taşqari, Bennet Ben-Gurion nomidagi xalqaro aeroportni töliq yopiş taklifini bildirdi. Biroq hukumat a’zolari uşbu çeklovlarni asossiz deb ataşdi.

Çeklovlarni joriy etiş uçun Bennet ana şu qadamlar zarur ekanini isbotlaşi kerak. Ana şundan keyingina Oliy sud ularni joriy etişni ma’qullaşi mumkin.

JSST: busterlarga şoşiliş mamlakatlar uçun vaksinalardan foydalaniş tengsizligini kuçaytiradi

JSST boy mamlakatlardan xudbin bölmaslik va uçinçi vaksinaga şoşilmaslikni söradi. Çunki ayrimlarda hatto birinçi doza ham yöq

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti omikron variantidan saqlanişda töliq emlanganlar uçun vaksinaning buster dozalari zarur ekani hali ham noaniqligiça qolayotganini ma’lum qildi hamda boy mamlakatlarni vaksinalardan foydalaniş böyiça tengsizlikni oşirmaslik uçun ularni sarflaşga şoşilmaslikka çaqirdi.

«Omikronga boğliq vaziyat qanday bölişini tuşunişga tobora yaqinlaşganimiz sayin boy mamlakatlarda vaksinalar haddan taşqari köp bölişi, kambağal mamlakatlarda esa hatto birinçi inʼeksiya ham yetarli bölmasligi xavfi bor», dedi JSST vaksinalar bölimi boşliği Keyt ÖBrayyen.

U omikron böyiça dastlabki laborator tadqiqotlar e’lon qilinganidan keyin izoh berdi. Tadqiqot natijalari omikrondan ilk ştammdagidek darajada himoyaga ega böliş uçun Pfizer vaksinasining ikki emas, uçta dozasi zarur ekanini körsatdi.

ÖBrayyen JSST olingan ma’lumotlarni örganayotganini aytdi.

«Qöşimça dozalar omikrondan qöşimça himoyaga ega böliş uçun haqiqatan ham ahamiyatga ega bölib çiqişi mumkin. Biroq bu haqda gapirişga juda erta», dedi Keyt ÖBrayyen. Uning sözlariga köra, sönggi ikki oyda dunyo vaksinalardan foydalanişdagi adolatsizlikni endigina bartaraf eta boşladi. Vaksinalarning köproq partiyalari xavf darajasi yuqori guruhdagi odamlar va tibbiyot xodimlari vaksinaning bitta ham dozasini olmagan kambağal mamlakatlarga jönatila boşlandi.

JSSTning vaksinalar bölimi boşliği boy mamlakatlar vaksinani faqat öz fuqarolari uçun jamğarişni boşlasa, bu pandemiyani uzaytirişi haqida ogohlantirdi. 

«Odamlar vaksina olmagan joyda yangi ştammlar paydo böladi va butun dunyo böylab tarqaladi. Ba’zilar uç marta emlanayotganda boşqalarning umuman emlanmasligi epidemiologik nuqtayi nazardan virus tarqalişini heç qanaqasiga töxtata olmaydi», deya ogohlantirdi u.

YeI: emlanganlik töğrisidagi sertifikatning amal qiliş muddatlari

YeIda emlanganlik töğrisidagi sertifikatning amal qiliş muddatlari haqida kelişişayotgan bir paytda odamlar majburiy emlaşlarga qarşi çiqmoqda

Yevropa ittifoqi mamlakatlari sayohatlar va ommaviy joylarga boriş uçun zarur bölgan emlanganlik töğrisidagi sertifikatlarning amal qiliş muddatini unifikatsiya qiliş haqida kelişişmoqda.

YeIning ana şu masala bilan şuğullanuvçi komissiyasi barça Yevropa ittifoqi mamlakatlarida amal qiladigan sönggi emlaş sanasidan boşlab töqqiz oylik yagona muddat belgilaşni taklif qildi. YeI hukumatlari turizm sanoati qulaşiga yöl qöymaslik uçun umumiy yondaşuv zarurligini bir neça marta ta’kidlagan.

Hozirda har bir mamlakat emlanganlik töğrisidagi sertifikatning amal qiliş muddatini mustaqil ravişda belgilamoqda. Masalan, Fransiya va Kiprda bu sönggi vaksina olingan vaqtdan boşlab yetti oy, Gretsiyada esa - olti oy.

Agar kelişuv imzolansa, sertifikatlarning yagona muddati töğrisidagi qoidalar kelasi yildan amal qila boşlaydi.

Buyuk Britaniya: majburiy emlaniş böyiça bahslar

Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri majburiy emlanişni axloqiy emas dedi

Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid majburiy emlanişni axloqiy emas deb atadi. Şunday qilib u boş vazir Boris Jonsonning majburiy emlaş böyiça umummilliy muhokamaga çaqiruv haqidagi sözlariga izoh berdi. Çunki uning fikriça, «koronavirus tarqalişini nazorat qiliş uçun çeklovlardan foydalaniş çeksiz davom eta olmaydi».

Şu bilan birga, Boris Jonson odamlarni vaksina olişga majburlovçi jamiyatda yaşaşni istamasligini ham aytgan. «Biroq agar vaksinalar omikronga qarşi tura olişi aniqlansa, pandemiyaga qarşi kuraşişning ana şunday usullarini muhokama qilişimizga töğri keladi», dedi u.

Sajid Javid emlaniş insonning şaxsiy qarori bölişi kerakligi, odamlarni hozirda ayrim Yevropa mamlakatlarida bölayotganigidek vaksina olişga majburlaş – axloqdan emasligini aytdi.

Avstriyada majburiy emlaniş 2022 yilning fevralidan joriy etiladi. Germaniyada ana şu masala muhokama etilyapti. Gretsiyada esa vaksina olişdan boş tortgan 60 yoşdan katta kişilar 2022 yilning yanvar oyidan boşlab har oy jarimaga tortiladi.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeIning barça mamlakatlarida majburiy emlaniş masalasini körib çiqişni taklif qilgandi.

Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri yuqori xavf guruhidagi odamlar bilan işlaydigan tibbiyot va xizmat körsatiş sohasi xodimlarining majburiy emlanişiga qarşi emasligini ma’lum qildi.

«Biroq mendan yalpi majburiy emlaniş haqida sörasangiz, amaliy va axloqiy darajada bu iş beradi, deb öylamayman. Çunki emlaniş şaxsiy qaror bölişi kerak», dedi u BBC’ga bergan intervyusida.