Boğbon öz xonadonida issiqxona taşkil qilib, turli köçatlarni parvariş qilayotganiga ikki yarim yil bölibdi. Lekin yutuqlari havas qilgudek.
Bir yarim sotixdan ikkita issiqxonaning birida köçatlar yetiştirib aholiga tarqatayotgan bölsa, yana birida sitrus va tropik mevalar pişyapti.








Odilbek kasbi şifokor bölgani uçun har bir daraxtni ekişda inson organizmi uçun foydali tomonlariga e’tibor qaratganini aytadi.
Papayya – disk çurrasi, oşqozon-içak hazmi, qandli diabet bilan boğliq kasalliklari, ön ikki barmoq içaklardagi yara, jigar kasalliklariga, limon esa qon bosimi bilan oğriganlarga davo bölsa, goji mevasida inson uçun kerak bölgan eng kerakli öndan ziyod kimyoviy elementlar mavjud, deydi u. Uning sözlariga köra, issiqxonadagi mevalar “tabiiy dorixona” ekan.
“Bunday özgaça mevalarni yetiştiriş men uçun nafaqat tadbirkorlik, balki men bu işimdan zavq ham olaman. Ikki yil oldin issiqxona qilib, boşqalarga öxşab, pomidor, bodring yoki kökat emas, özgaçaroq narsalar ekişni niyat qildik. Asta-sekin tajriba oşib, yutuqlarga erişyapmiz. Har bir daraxtni örganib çiqib, öz iqlimimizga moslaştiryapmiz.
Zaytun daraxtidan mevasini terib olib iste’mol qilişni xohlardik. Mana öşa zaytun xonadonimizda pişib yetildi. Maqsadimiz – mana şunday noyob ösimliklarni tabiatimizga moslaştirib köpaytiriş”, deydi Odiljon Siddiqov.



















