26 iyul kuni Janubiy Farğona kanalining Buloqboşi tumani Şirmonbuloq qişloğidan ötuvçi qismida quyuq oq köpik oqdi. Bu köpik nimaligi, uni kim oqizgani va ekologiyaga qança zarar yetgani ma’lum emas. Kun.uz muxbiri aholi vakillari va rasmiylardan munosabat söradi.
Şirmonbuloqda yaşovçi suvçi – mirob Ilhom Buvayev şunday deydi:
— 2022 yildan beri kanalda nazoratçi bölib işlayman. Janubiy Farğona kanalida tundan to sahargaça nima oqsa oqadi. Nazorat qiladigan taşkilotning özi yöq. Xöjabod tumanidagi SAMO trikotaj fabrikasidan çiqqan çiqindi suvlar kanal suviga qöşilib, doimiy ravişda ifloslantiradi.


Tsellofan, kömirga öxşagan qora rangdagi ximikat, köpik oqadi. Kuzga borganda kanalda heç bir tirik zot qolmaydi. Baliqlargaça qirilib ketadi ximikat zahridan. Mana, yaqinda oq köpik oqdi. Bu internetga çiqib ketganidan keyin şov-şuv böldi. Uni ham bölsa Şirmonbuloqqa kelgan mehmonlar telefonlariga video olişib, internetga çiqarvorişgan ekan. Oq köpik oqişi tabiiy hol özi bizda. Bu holatga heç kim taajjublanmaydi ham.

Bu holatni Buloqboşi, Xöjaobod, Qörğontepa aholisi biladi. Heç kim çora körmaydi-da. 3-4 yildan beri köpik oqişi yangilik emas biz uçun. Tuman, viloyat ekologiyasi, hammasi biladi ximikatlar qayerdan çiqayotganini.
Kanalda doimiy zahar oqaverib, faqat ilon baliqlar qolgan. SAMÖdan buyoğida, aynan fabrikaning çiqindi suvi oqiziladigan qismidan boşlab qurbaqalar ham ölib ketgan. Tabiat jonzotlari qirilib bitdi xullas.
Kanaldagi baliqni uşlasangiz, tepa qismi erib ketganini körasiz. Avvallari bu suvdan içar edik. Çorvalar içardi, hozir endi hatto tovuqlarga ham bermay qöydik kanal suvini. Özimiz içayotgan toza suvdan beryapmiz.

Şirmonbuloqlik yana bir fuqaro Abduvali Şaripov şunday hikoya qiladi:



















