Xonadon sohibi Abdumajid aka Temirov 57 yoşda. Turmuş örtoği bilan ikki öğil va bir qizni voyaga yetkazgan. Ularning barçasi bundan 10 yil oldin gul yetiştirişga qiziqib qolişgan.
Ayniqsa, ikki öğil – Aşurali va Jasurbek gulçilik bilan şuğullaniş orqali yaxşigina daromad oliş mumkinligidan yaxşi xabardor.
Oila sohibi xonadonidagi birinçi issiqxonani 1987 yilda qurgan ekan. Dastavval bodring va pomidor yetiştirilgan, keyinçalik uy şaroitida parvarişlanayotgan gullar issiqxonaga olib kirilgan va ularni köpaytiriş orqali gulçilik tarmoği kengaytirilgan.
Hozirga kelib oila a'zolari oltita issiqxonada qişin-yozin 30–40 xil gul yetiştirişadi.


«Gulçilik sohasida iş boşlaganimizga 10 yil böldi. Bu iş havaskorlikdan boşlangan. Avvaliga oilamiz a'zolari bilan havasga gul yetiştirganmiz. Keyin gulçilikni kengaytirganmiz. Hozirda 10 sotix yerda 6 ta issiqxonamiz bor. 30–40 xil gul yetiştiramiz.
Oila a'zolarimizdan taşqari 3–4 nafar yordamçi olganmiz. Gulni yetiştiriş xuddi çaqaloqni parvariş qiliş, unga mehr beriş bilan barobar. Gulga mehr qöyasiz, ular rivojlanib, yaxşi ösadi.

Gul uruğlari asosan avgust–sentyabr oylarida sepiladi. Mart–aprel oylarida tayyor bölib, bozorga olib çiqiladi. Savdomiz asosan mart oyida boşlanadi», – deydi Jasurbek Baratov.
Issiqxonalar kömir bilan isitilar ekan. 6 ta issiqxonaga bir qiş mavsumida 6 tonna kömir işlatiladi.

Isitiş tizimi uç qavat sellofan tortilgan «termos» uslubidan iborat. Birinçi qavati – termos; u tepadan tuşayotgan sovuqni qaytariş uçun. Ikkinçi qavati – xona haroratini uşlab turiş uçun. Uçinçi qavati esa, xonadagi issiqlik çiqib ketmasligi uçun.
Gulçilarning aytişiça, sentyabr oyida tuvaklarga çirindi solinadi va qalamçalar ekiladi. Qalamçalar 13 kundan 1 oygaça tomir oladi.























