Qişki kiçik tanaffus yakunlanib, nihoyat Angliyadan boşqa mamlakatlarda ham futbol boşlandi. «Bavariya» va «Real» yangi yilni mağlubiyat bilan boşladi, Italiyada yana ikkita top-uçraşuv bor, Angliyada esa yana bir turnir – kubok bahslarida APL klublari öz iştirokini boşladi. Albatta, zerikişga vaqt yöq. Faqat şuni e’tirof etiş kerakki, quyidagi uçraşuvlar belgilangan vaqtda bölib ötişiga kafolat yöq, zero koronavirus balosi futbolga ham ta’sir etişni yana boşladi. Ba’zi uçraşuvlar boşqa vaqtga qoldiriliş ehtimoli yöq emas.
Bundesliga. 18-tur
8 yanvar (şanba)
AYNTRAXT – BORUSSIYa D
Öyin boşlaniş vaqti: 22:30
TV-translatsiya: MatçTV
«Bavariya»ning keçagi mağlubiyati Bundesligada sal bölsa-da, intrigani qaytarişi mumkin, zero dortmundliklar agar ğalaba qozonadigan bölişsa, peşqadam bilan farqni olti oçkogaça qisqartirib olişlari mumkin. Mavsum örtasida bu u qadar katta masofa emas.

«Borussiya» tanaffusga Berlindagi (2:3) mağlubiyat bilan çiqib ketgandi, ammo öşa öyinda, ya’ni uç hafta oldin jamoaning bir qator yetakçilari maydonga tuşa olmagandilar. Hozirda Marko Roys ham, Torgan Azar ham tiklangan, Holand ham yaxşi sport formasiga kirib olgan bölişi lozim. «Ayntraxt» esa dekabrdagi sönggi uç uçraşuvni öz foydasiga hal qilgan holda, turnir jadvalida 6-öringa kötarilib olgandi. Ğalabalar «Bayyer» va «Borussiya M» kabi jamoalar ustidan qölga kiritilgani ham frankfurtliklarning jiddiy raqib ekanini körsatadi. Bu öyindagi ğalaba Oliver Glasner şogirdlarini hatto uçinçi öringa ham kötarişi mumkin.
Mavsum boşidagi öyinda «Borussiya» öz maydonida 5:2 hisobida ğalaba qozongan, ammo ötgan mavsumda «Ayntraxt» safarda raqibini yengganini ham unutmaslik kerak. Aynan Frankfurtdagi sönggi 4 uçraşuv durang bilan yakunlangani ham uşbu töqnaşuv ança şiddatli keçişi mumkinligidan dalolat qiladi.
Tarkiblarga keladigan bölsak, Dortmund safidagi muammolar biroz çekindi, lekin şunday bölsa ham, maydonga tuşa olmaydigan nomlar bor – Zagadu, Reyna, Akanji. Şmalser maşğulotlarga qaytgan bölsa, Marius Volfda koronavirus aniqlangan. Mezbonlar tarkibida yöqotişlar köp emas, aytiş mumkinki, asosiy tarkib va unga yaqin futbolçilar orasida jarohatlar yöq.
La Liga. 20-tur
9 yanvar (yakşanba)
ReAL – VALeNSIYa
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
TV-translatsiya: FutbolTV / UzReportTV
«Real» göyoki ta’qibçilardan yetarliça masofada ilgarilab ketgan va La Ligada çempionlik kuraşidan umid qolmagandi. Madrid jamoasining işonçli öyini va ta’qibçilardagi beqarorlik Ispaniya çempioni nomini aniqlab bölgandek tuyulgandi. Ammo «Real» kutilmaganda dastlab, «Kadis» bilan öz maydonida durang öynadi, yangi yilni esa «Xetafe»ga qarşi derbida mağlubiyat bilan boşladi. Natijada hozir Ançelotti şogirdlari bir öyin köp ötkazgan holda «Sevilya»dan atigi 5 oçko oldinda xolos. Boşqaça qilib aytganda, agar «Real» birgina mağlubiyatga uçraydigan bölsa, yöqotilgan oçkolar böyiça 2-öringa tuşib ketişi mumkin.

«Valensiya» ham juda yaxşi formaga kirib, barça musobaqalarda mağlubiyatsiz seriyasini 9 öyinga yetkazgan va La Ligada qatorasiga tört öyinda ğalaba qozongandi. Lekin kutilmaganda öz maydonida «Espanol»da öz uslubida mağlubiyatga uçradi. Uslub deganda, «Valensiya» juda köp öyinlarda iroda namoyiş etayotgandi – bu öyinda esa ğalaba qozonayotgan jamoa sönggi daqiqalarda ikki gol ötkazib yubordi. Uşbu mağlubiyat natijasida «Valensiya» top-4 ga yaqinlaşiş imkoniyatini boy berdi va 28 oçko bilan 9-öringa tuşib ketdi.
Özaro öyinlarga e’tibor qaratilsa, «Real»ning ustunligi yaqqol seziladi. Oxirgi ikki öyin madridliklar ğalabasi bilan tugagan, umuman aynan Madridda ötgan öyinlarni alohida e’tiborga oladigan bölsak, valensiyaliklar oxirgi marta 2008 yilda 3:2 hisobida ğalaba qozongan ekan. 14 yildan beri «Valensiya» Bernabeuda maksimum bir oçko olişning uddasidan çiqyapti xolos. Endi «Valensiya» muxlislariga umid beruvçi ma’lumot – jamoa 6 öyindan beri safar uçraşuvlarida mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. «Valensiya» oxirgi marta safarda oktyabr oyida «Betis»ga mağlubiyatga uçragandi.
Tarkiblarga kelsak, «Real» virusli davrdan ötib oldi va deyarli barça asosiy tarkib futbolçilari maydonga tuşa oladilar. Faqat Yoviç hamon davolanmoqda, lekin u doim ham maydonga tuşmasdi. Karvaxal, Beyl va Diaslarning jarohatlariga esa örganib qolganmiz. Mehmonlar tarkibida yöqotişlar jiddiyroq – Soler va Fulke jarohatda. Şuningdek, qanot yarimhimoyaçisi Ugo Duro «Espanol»ga qarşi öyinda maydondan çetlatilgan va diskvalifikatsiyasi bor.
A Seriya. 21-tur
9 yanvar (yakşanba)
ROMA – YuVeNTUS
Öyin boşlaniş vaqti: 22:30
TV-translatsiya: Sport TV
Ötgan turda har ikki jamoa ham markaziy öyinlarda maydonga tuşdi va aytiş mumkinki, u qadar yaxşi taassurot qoldira olmadi. Rimliklar barça jabhalarda «Milan»dan mağlub böldilar va hisob yanada yirikroq körinişga kelişi ham mumkin edi. «Yuventus» esa öz maydonida harakat qilgan bölişiga qaramasdan, «Napoli»ni mağlub eta olmadi va köproq taşabbus mehmonlarda bölganini ham alohida e’tirof etiş kerak.
«Napoli» bilan durang «Yuventus»ning kuçli törtlikka qaytiş ehtimolini keyinroqqa surdi va albatta ruhiy zarba ham bölişi mumkin. «Roma»ning beqaror öyinlari esa Joze Mourinodan uşbu mavsumda jiddiy natijalar kutmaslik kerakligini körsatmoqda. Rimliklar bir qaraganda hujumkor öyin namoyiş qilayotgan bölişsa-da, ayniqsa, top-raqiblarga qarşi u qadar işonçli körinişmayapti. «Atalanta» ustidan qozonilgan yirik ğalaba ham köproq tasodif bölgani «Sampdoriya» va «Milan»ga qarşi öyinlarda öz isbotini topdi.

«Roma»ning yana bir ojiz jihati vaziyatlardan foydalana olmaslikdir. Yozda klub ikki nafar hujumçini sotib olgan bölsa-da, gol uriş böyiça A Seriyada 9-örinda borişmoqda. Xavfli vaziyatlar yaratiş böyiça esa rimliklar 2-örinni band etişgan. Ya’ni bu holatda murabbiydan köra, hujumçilarning xatolari ham köproq, deyiş mumkin.
Tarkiblarga töxtalsak, «Roma»ning Milandagi öyinida birdaniga ikki futbolçi qizil kartoçka oldi. Karsdorp va Mançini diskvalifikatsiya tufayli şeriklariga yordam bera olişmaydi. Mayoral va Fuzatoda kovid aniqlangan, uzoq muddatga safdan çiqqan Spinatsolla esa hali maşğulotlarga qaytgani yöq va sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşa olmaydi. Turinliklar safida himoya markazida Kellini (kovid) va Bonuççi (jarohat) juftligini körmaymiz. Ammo aytiş mumkinki, De Ligt – Rugani juftligi u qadar yomon körinmayapti. Çap qanotdagi Daniloning yöqligini ham Kuardado bildirmayapti.
A Seriya. 21-tur
9 yanvar (yakşanba)
INTeR – LATsIO
Öyin boşlaniş vaqti: 00:45
TV-translatsiya: Sport TV
Ötgan yilning oktyabr oyida uşbu raqiblar Rimda töqnaş kelgandilar va öşanda «Latsio» 3:1 hisobida ğalaba qozongandi. Öşa mağlubiyat «Inter» uçun A Seriyada oxirgisi bölib turibdi va jamoa keyingi 11 uçraşuvni mağlubiyatsiz ötkazdi, peşqadamlarni quvib ötib, çempionatda yaqqol yetakçiga aylandi. Yangi yilda ham uşbu ijobiy seriyani davom ettiriş va «Milan»ni öziga yaqinlaştirmaslik uçun tabiiyki, «Inter» ğalaba uçun maydonga tuşadi. Simone Indzagi murabbiy sifatini özini olamga tanitgan «Latsio»ga qarşi qanday tayyorgarlik körişi ham qiziq, albatta.
«Latsio» mavsum boşida peşqadamlar safida borgan va hatto hujumkorlik körsatkiçlarida yetakçilik qilgan bölsa-da, Sarrining uslubi töliq moslaşib ketişi uçun biroz vaqt kerak. Rimliklar hozirda 8-örinda bormoqdalar, lekin birgina ğalaba ularni 5-öringa olib çiqiş ehtimoli ham bor. Şuningdek, «Roma»ni quvib ötib imkoniyati ham mavjud.
Özaro öyinlarga kelsak, sönggi yillarda mutlaqo tenglikni köriş mumkin. Oxirgi 24 uçraşuvda har ikki tomon 10 martadan ğalaba naşidasini surişgan. Ötgan mavsumda aynan Milanda bölib ötgan töqnaşuvda esa mezbonlar 3:1 hisobida ustun kelgan. Öşa öyinda dubl qayd etgan Romelu Lukaku esa allaqaçon jamoani tark etib, hozirda «Çelsi» safida töp surmoqda.
Katta ehtimol bilan bu öyin gollarga boy bölişi kerak. Zero «Inter» ligada eng köp gol urgan jamoa sanalsa, «Latsio» bu körsatkiç böyiça, uçinçi örinda bormoqda. Şuningdek, rimliklarning himoyada u qadar işonçli emasligini ham ta’kidlaş kerak. Turnir jadvali söngidagi 4 jamoagina mavsum davomida «Latsio»dan köproq gol ötkazib yuborgan xolos.
«Inter»ga ustunlik beradigan yana bir jihat şundaki, milanliklar oxirgi marta 22 dekabrda maydonga tuşişgan. «Bolonya»ga qarşi ötişi kerak bölgan öyin kovid tufayli qoldirildi. «Latsio» esa uç kungina oldin «Empoli»ga qarşi qiyin (3:3) uçraşuvda iştirok etişdi. Tabiiyki, jismoniy tarafdan mezbonlar yaxşiroq holatda bölişadi.
Angliya kubogi. 3-raund.
10 yanvar (duşanba)
MYu – ASTON VILLA
Öyin boşlaniş vaqti: 00:55
TV-translatsiya: Matç TV
Bu öyin APL doirasidagi öyinlar sirasiga kirmaydi, kubok öyini bölsa-da, alohida e’tiborga arziydi. Birinçidan, uşbu bosqiçdagi eng nomdor juftlik aynan mana şu. Köpgina top-klublar raqib sifatida quyi liga vakillariga duç kelişdi. Ikkinçidan, «Mançester Yunayted»ning oxirgi öyindagi mağlubiyati, şundan keyin çiqayotgan turli xabarlar, göyoki, futbolçilarning Rangnikka nisbatan norozilik kayfiyati paydo bölgani kabi miş-mişlarga javob beriş uçun ayni muddao. Bundan taşqari, uşbu jamoalarning «Old Trafford»da bölib ötgan sönggi öyinida mehmonlar sönggi daqiqalardagi gol evaziga uç oçko egasiga aylangandilar. Töğri, öşa uçraşuvda şogirdlarini maydonga olib tuşgan murabbiylar iste’foga çiqişgan – Smit «Norviç» boşqaruvida, Sulşer esa Norvegiyada. Şunday bölsa-da, futbolçilarning aytadigan sözlari bor. Buning ustiga «Aston Villa» ham yangi yilning ilk uçraşuvi Brentfordda mağlubiyat alamini totgan.

Jyerrard qöl ostida «Aston Villa» ança önglandi, bir qator çiroyli ğalabalarga erişdi, lekin aynan top-klublarga qarşi öyinlarda oçko qölga kirita olmayapti. «Liverpul», «Çelsi» va «Siti»ga qarşi öyinlarda birminhemliklar u qadar yomon körinişmagan bölsa-da, oqibatda mağlubiyatga uçraşdi. Hozirça «Mançester Yunayted»ni turnir peşqadamlari safiga qöşib bölmaydi, lekin «Old Trafford» ayniqsa, Stiven Jyerrard uçun özgaça motivatsiya beradi, bunga şubha yöq.
Tarkiblarga kelsak, mehmonlar safida Traore va Trezege Afrika Millatlar kubogiga ketişgan, xuddi şunday statusdagi futbolçi mezbonlar safida Erik Bayi, Mejbri va Amad ham bor, lekin ular şundoq ham asosiy tarkibdan uzoq edilar. Şuningdek, «Aston Villa»da Leon Beyli jarohatda, Eşli Yang maşğulotlarga qaytgan bölsa-da, sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşişi söroq ostida. «Barsa»dan Birminghem klubiga köçib ötgan Koutinoda koronavirus aniqlangan, u ham yangi şeriklariga yordam bera olmaydi. Mezbonlar safida esa Bayidan taşqari, Harri Maguayr ham duşanba kuniga tayyor bölmasligini Ralf Rangnik ma’lum qildi. Lekin Viktor Lindelyof koviddan davolanib ulgurdi va bu öyinda maydonga tuşa oladi.
BOŞQA ÖYINLAR
8 yanvar. Granada – BARSeLONA (22:30), ÇeLSI – Çesterfild (22:30).
9 yanvar. Venetsiya – MILAN (16:30), LIVeRPUL – Şrusberi Taun (19:00), NAPOLI – Sampdoriya (20:30), Udineze – ATALANTA (20:30), Nottingem – ARSeNAL (22:10). Lion – PSJ (10 yanvarga ötar keçasi, 00:45) Vilyareal – ATLeTIKO (10 yanvarga ötar keçasi, 01:00).












