Buxoro şahrida yuviş uçun avtomobil yuviş şoxobçasiga qoldirib ketilgan Nexia maşinasi olib qoçilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, holat 15 yanvar kuni sodir etilgan. 31 yoşli A.A. öziga tegişli bölgan Nexia maşinasini yuvdiriş maqsadida şaharning Şeyxon köçasida joylaşgan şoxobçaga kelib, oldindan taniş bölgan işçi, 18 yoşli Z.O.ga qoldirib ketgan. Yarim soatlardan söng maşinasini olib ketmoqçi bölib egasi kelganida, Z.O. uni boşqarib ketib qolganligi aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qoçilgan maşina Şofirkon tumani hududidan topilgan. Tergov jarayonida aniqlanişiça, Z.O. mast holatda transport vositasini olib qoçib, Şofirkon tumani hududiga yetib kelganida yonilğisi tugaganligi sababli qoldirib ketişga majbur bölgan.
Holat yuzasidan Z.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qoidabuzar protsessual tartibda uşlangan.
Oldinroq Ğijduvon tumanida 31 yoşli kuyov mast holda qaynotasiga tegişli maşinani olib qoçgandi.











