24 yanvardan boşlab Yangi Zelandiyada omikron keng tarqalayotgani sabab xavflilikning qizil darajasi e’lon qilingan. Şu munosabat bilan ommaviy tadbirlarda köpi bilan 100 kişi iştirok etişiga ruxsat beriladi. Agar vaksina olmagan odamlar yiğilsa, mehmonlar soni 25 nafargaça çeklanadi.

«Şunaqa bölib qoldi, men minglab yangi zelandiyaliklardan farq qilmayman. Fuqarolar pandemiya davomida oğir kasal bölib qolgan yaqinlarini köra olişmadi. Bu men his qilayotganimdan ança yomon tuyğu edi», dedi Yangi Zelandiya yetakçisi.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga köra, 5 milliondan ortiq odam yaşaydigan Yangi Zelandiyada 15,5 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan va 52 kişi halok bölgan. Mamlakatda pandemiya boşidan buyon 9 million doza vaksina işlatilgan.

42 yoşli Jasinda Ardern 2018 yil iyul oyida Klark Geyforddan qiz farzandli bölgandi. 2019 yil siyosatçi hamrohi bilan unaştirilganini e’lon qilgan. Jasinda Ardern davlat rahbari sifatida közi yorigan Benazir Bhuttodan (Pokiston sobiq boş vaziri) keyin ikkinçi ayol siyosatçi hisoblanadi.