Kun.uz'ga intervyu bergan Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatovning UzIMEI tizimi borasida aytgan fikrlari blogerlar va jamoatçilik tomonidan salbiy qarşi olindi.
Davletov.uz kanali muallifi vazir keltirgan sabablarga javoban odamlarning özini aybdor qiliş eng yomon taktika ekanini ta’kidlagan.
«Çet elda öqib kelgan, minglab odamlar simpatiya bilan qaraydigan kadr yangi kursisiga ötirişi bilan minglab odamlarning qonini sörayotgan, asabini yemirayotgan UzIMEI balosiga munosabatini körib, bir nima deyişga hayron qolasan, kişi.
Otning kallasidek oylik olib, katta pullik tijorat taşkilotida kuzatuvçilar kengaşida raislik qiladigan odam şunaqa absurd gaplarni aytişdan oldin, heç qursa UzIMEI tarafdorlarining emas, modomiki issiq kabinetidan köçaga çiqişga hafsala qilmayapti ekan, ommaviy axborot vositalaridagi UzIMEI haqida materiallar ostidagi komentlarni öqib körsa bölar edi.
Telefon sotib oliş narkotik sotib oliş emas, odamning özini aybdor qiliş — eng yomon taktika. Qimmat va IMEI'li telefon sotib oliş vazirga muammo emasdir, lekin oddiy özbekistonlik uçun bu masala. Va eng muhimi, arzon va sifatli telefon sotib oliş, uni qayerdan sotib oliş — jinoyat emas. Xalqni potensial aybdor sifatida körmang. Blogerlar-ku hayp qiladi, Jahon banki vakili esa blogerlarga qöşilib lobbilarning aytganini qiladi.
Tizimni boşida men turmaganman, debdi vazir özini oqlagan bölib. Esimizda, lavozimga kirişgan paytidayoq UzIMEI’ga taşrif buyurib, soddalaştiriş haqida gapirgandi. Işçi guruh tuzişdan taşqari nima iş qilindi ekan? Qani natija? Operator 75 metr kvadrat joyni ta’mirlaşga milliard sömdan ortiq, afillangan taşkilotdan qandaydir dasturiy ta’minot sotib olişga 6 mlrd sömdan ortiq pul sarfalyapti, lekin zör kelsa, bir kunda hal böladigan narsa — 100 kunda ham ijobiy yeçim topmayapti-ku! Muammo çindanam tizimni taşkil qilişning boşida turganlardadir? Ular heç qayerga ketmagan, xuddi afsungar kinolardagidek ismi aytilişi kerak emasdir.
Partiya liniyasi aniq. Bu partiya liniyasini Marsga yuborib öqitgan kadringiz ham özgartirolmaydi, şekilli. Masalan, tepadan har hayp payti fikr söralsa, lobbi, haypçilar haypi deb javob berilsa kerak. Haypçilar gapiraveradi, kana esa odamlarning qonini söraveradi. Göyoki özbek xalqi bir marta berilgan, hozir pul qiliş kerak», deb yozadi bloger.
Iqtisodçi va bloger Otabek Bakirov esa vazir UzIMEI uçun tölov soliq deya ataganini haqida













