Özbekiston rasmiylari IMEI-kodlar vositasida telefonlarning noqonuniy importiga zarba berib, budjetga tuşumlarni oşirişga erişyapti. Lekin har doimgidek, yuqori bojlar baribir yakuniy iste’molçining gardaniga tuşyapti. Kun.uz muxbiri iPhone narxlaridagi özgarişlarni suriştirib, “Malika” savdo majmuasida böldi.
Muxbirimiz suhbatlaşgan sotuvçilar iPhone narxlari oxirgi haftalarda 150-200 dollarga oşganini aytdi.
“Bir oy oldin iPhone 16 Pro Max narxi 1210-1220 dollar bölgan bölsa, bir oy içida keskin oşib ketdi. Narxlarga 150-200 dollar qöşilib, hozir 1310-1350 dollarga çiqdi”, – deydi sotuvçilardan biri.
Dökondorlar “imeykaning hisobiga” şunday bölayotganini aytadi.
“iPhone 16 narxlari bir oy oldingidan 150-160 dollar farq qilyapti. Puli bor odamga bu sezilmaydi, lekin kambağal odam uçun 150 dollar yaxşigina summa”, – deydi boşqa bir savdogar.
“Narx oşişi oxirgi uç hafta, bir oy içida böldi. Avvallari bunaqa kunlarda savdomiz yaxşi bölardi, hozir esa, köryapsiz, savdo yaxşi emas, ötiribmiz. Odamlar narxini eşitib, çiqib ketyapti. Qöldan kelgança tuşuntirişga harakat qilyapmiz, lekin ayrimlar xuddi narxni biz özimiz kötarib qöygandek tuşunişyapti”, – deydi yana bir sotuvçi.
Ötgan yili oktyabrdan kuçga kirgan tartibga asosan, agar jismoniy şaxs xorijdan kelayotganida özi bilan SIM-kartali qurilma olib kelayotgan bölsa, bojxonadan ötayotib deklaratsiya töldirişi va qurilmaning IMEI-kodlarini ana şu deklaratsiyada körsatişi kerak. Aks holda, IMEI-kodni röyxatdan ötkazişda 30 foizlik boj tölaşiga töğri keladi.
Kun.uz bu tartib haqida xabar berganida, kiritilgan yangilik narxlar oşişiga olib kelişi mumkinligi haqida yozgandi. “Malika” savdo majmuasidagi örganişlarimiz bu taxmin töğri bölganini körsatdi.
“Oldin jismoniy şaxs nomidan iPhone olib kirardik, şunga arzon edi. Hozir jismoniy va yuridik şaxslar uçun bir xil bölib qoldi. Qonuniy import haqida söradingiz, bizda qonuniy nima bor?” – deydi mikrofonsiz suhbatlaşgan sotuvçilardan biri.
Savdogarlarning “imeyka baland bölib ketdi” degan gaplari, aslida boşqa ma’noni beradi. Çunki IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş tölovi özgargani yöq. Aslida gap telefonlarning noqonuniy kirib kelişiga qarşi IMEI-kodlar vositasida nazorat kuçaytirilgani haqida ketmoqda.












