Yangi sotib olingan yoki çet eldan olib kirilgan telefonni UzIMEI röyxatidan ötkaziş – köpçilik uçun boş oğriq. “Axborot xavfsizligini ta'minlaş uçun” öylab topilgan bu talab işlay boşlaganiga 2 yildan oşgan bölsa-da, hali ham odamlar undan norozi. Köplab savollar oçiq qolmoqda.

Nega pulli va nega bunça qimmat?

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 778-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalarni röyxatga oliş tartibi töğrisida”gi Nizomda röyxatga oliş tölovi miqdori körsatilgan.

Unga köra, mobil qurilmalarni işlab çiqaruvçi, import qiluvçi va şaxsiy maqsadlarda xorijdan olib kiruvçi fuqarolar BXMning 10 foizidan 25 foizigaça miqdorda tölov tölaydi. Aslida bu bitta qurilma uçun kiçik summaday körinsa ham, bir neça yuz ming IMEI kodlar töplangan vaqtda gap milliardlarga burilib ketadi.

Bittagina kodni röyxatga olib qöyiş xarajatlari şunçalik qimmatmi? Amalda “telefon soliği” deyiş mumkin bölgan bu tölov miqdorini hukumat qaysi asoslarga köra bunça qimmat qilib belgilagan?

UzIMEI tizimini yuritiş böyiça vakolatli organ “Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi” DUK oxirgi hisobotida 2019 yil 1 dekabrdan 2021 yil yanvar oyining 4 sanasiga qadar IMEI kodlarni röyxatdan ötkazişdan 240 milliard söm mablağ kelib tuşgani aytgan edi. 2021 yilning boşidan hozirga qadar, 11 oy davomida yana qança mablağ kelib tuşgani hali oçiqlanmagan.

Yuqoridagi Nizomda maxsus hisobraqamga kelib tuşgan uşbu mablağlarning bir qismi Özbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxşilaş uçun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirilişi, şuningdek, mablağlarning bir qismi tizim operatori öz faoliyatini yuritişi uçun uning tasarrufida qoldirilişi ham körsatilgan.

Lekin hozirga qadar qança mablağ AKT vazirligi jamğarmasiga ketdi, qançasi tizim operatori “Özbekiston TTBRM”da qolgani noma'lum.

Agar UzIMEI tizimi operatorining xarajatlari uçun sarflanayotgan mablağlar oçiqlansa, uning tölovlari borasida yana ham aniq takliflar beriş imkoni paydo bölardi. Bundan taşqari, bu hozirgi zamon oçiqlik tamoyillaridan biri hisoblanadi.