Ekspert, uşbu tvitini davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirovning UzIMEI tizimiga doir postidan ilhomlanib yozganini aytadi.
«Boşqa davlatlarning tajribasidan mobil telefonlarni qanday qilib samarali röyxatga oliş va «kulrang bozor» muammosini yöq qiliş böyiça köplab dars oliş mumkin. Hozirgi UzIMEI tizimi fuqarolar va ayniqsa mamlakatda 30 kundan ortiq qolayotgan xorijliklar uçun juda oğriqli muammo.
UzIMEI byurokratik va noqulay bölişi bilan birga, yangi texnologiyalarni joriy etiş va IOT (The Internet of things)ni keng qöllaşga tösqinlik qilib turibdi. IOT qişloq xöjaligi kabi sohalarda işlab çiqariş samaradorligini oşiriş böyiça katta imkoniyatlarga ega.
Yana davom etişim mumkin, lekin bu mening har yillik umidsizligim ifodasi. Özbekistonning salohiyati va undagi islohotlarga juda ijobiy qarayman, qisqa vaqt içida köp narsa özgardi. Lekin, UzIMEI juda qalbimni oğrityapti – kiçkina çivin şunça azob beryapti.
Mening, har yillik umidim va iltimosim – telekommunikatsiya sohasidagi islohotlar yakuniga yetsin, Özbekistonda telefonlarni registratsiya qiliş sodda va aloqaga ta’sir qilmaydigan tizimga aylansin», - deb yozadi Jahon banki eksperti.
Özbekistonda 2020 yildan mobil qurilmalarni IMEI tizimida majburiy röyxatdan ötkaziş boşlangan vaqtda köplab tuşunmovçilik va noroziliklar paydo bölgandi. Xususan, xorijdan kelgan köplab fuqarolar özlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini röyxatdan ötkazmoqçi bölganida, ularning nomiga allaqaçon boşqa mobil qurilmalar UzIMEI tizimida röyxatdan ötkazilgani ma’lum bölgandi.
«Mening fikrim» portaliga huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev tomonidan IMEI kodlarni röyxatga olişda tölov undirişni bekor qiliş böyiça kiritilgan jamoaviy murojaat e’lon qilinganidan söng bir yil ötib Qonunçilik palatasi tomonidan rad qilingan.
Kun.uz jamiyatni qiynab kelayotgan uşbu tizim borasida ekspertlar va jamoatçilik faollarining fikrlari, taklif va tanqidlarini jamlab, berib kelmoqda













