Prezidentning “Özbekistonda surdotarjimonlarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 

Turizm va sport vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgaça ta’lim vazirligi va Soğliqni saqlaş vazirligining davlat muassasasi şaklida “Imo-işora tilini rivojlantiriş, surdotarjimonlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş” davlat markazi va uning mintaqaviy filiallarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar “Imo-işora tilini rivojlantiriş, surdotarjimonlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş” davlat markazi va uning mintaqaviy filiallarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • xalqaro va xorijiy taşkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda respublikada imo-işora tilini rivojlantiriş çoralarini köriş;
  • ilmiy asoslangan, zamonaviy atamalarning yangi imo-işoralarini iste’molga kiritiş;
  • xalqaro imo-işora tilida faoliyat olib boradigan surdotarjimon, surdopedagoglar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş;
  • surdotarjimonlar va surdopedagoglarni uzluksiz qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga qaratilgan ilğor mexanizmlarni işlab çiqiş va amaliyotga kiritiş;
  • imo-işora tilini rivojlantirişga oid ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş;
  • surdotarjimonlar va surdopedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam oşiriş asosida ular faoliyatini taşkil etişning zamonaviy uslublari sohalaridagi könikmalarini rivojlantiriş;
  • yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilğor xorijiy tajribani keng joriy etgan holda surdotarjimonlar va surdopedagoglarning malakasini oşiriş böyiça malaka talablari, öquv rejalari va dasturlarini doimiy yangilab boriş, ular faoliyatini zarur darajada taşkil etiş va samaradorligini ta’minlaş çoralarini köriş;
  • surdotarjimonlar va surdopedagoglarda internet axborot tarmoği, multimedia tizimlari va masofadan öqitiş usullaridan foydalangan holda, ilğor tarjimonlik, pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallaş, ularni öz faoliyatiga faol tatbiq etiş könikmalarini rivojlantiriş;
  • surdotarjimonlar va surdopedagoglar uçun tabaqalaştirilgan uzluksiz malaka oşiriş jarayonlarini rivojlantiriş asosida malaka oşirişning muqobil şakllarini joriy etiş;
  • imo-işora tilini rivojlantiriş sohasida faoliyat olib boruvçi xorijiy va xalqaro taşkilotlar bilan yaqin hamkorlikni taşkil etiş, ularni doimiy ravişda rivojlantirib boriş;
  • xalqaro va xorijiy mamlakatlardan imo-işora tili böyiça yetuk mutaxassislar, olimlar va ekspertlarni jalb qilgan holda surdotarjimonlar va surdopedagoglarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, respublikada imo-işora tilini rivojlantiriş çoralarini köriş.

2022 yil 1 martdan boşlab:

  • davlat notariuslari tomonidan kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloği oğir, zaif eşituvçi) bölgan şaxslar iştirokida notarial harakatlarni amalga oşirişda surdotarjimonlar xizmatidan foydalaniş;
  • fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimlarida kar-soqovlik nuqsoni bölgan şaxslarga surdotarjimonlar xizmati körsatiş;
  • davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladigan davlat xizmatlarini körsatişda kar-soqovlik nuqsoni bölgan şaxslarga surdotarjimonlar xizmatini taqdim etiş;
  • davlat uluşi iştirokidagi tijorat banklarida kar-soqovlik nuqsoni bölgan şaxslarga bank xizmatlari körsatişda surdotarjimonlar xizmati taqdim etiş tartibi örnatiladi.

2022 yil 1 apreldan boşlab:

  • Milliy teleradiokompaniya va mahalliy telekanallarning respublikada amalga oşirilayotgan islohotlar töğrisidagi yangiliklar, ta’lim, tarix, sport va turizm mavzulariga bağişlangan körsatuvlari surdotarjimonlar xizmatlari bilan birga efirga uzatiladi;
  • kar-soqovlik nuqsoni bölgan şaxslarga davlat xizmatlarini körsatişda surdotarjimonning vakolati Karlar jamiyati tomonidan berilgan işonçnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlaş tartibi bekor qilinadi.

2022 yil 1 maydan boşlab:

  • davlat boşqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlarining “Koll-markaz”larini boğlovçi;
  • Prezident xalq qabulxonalari va boş vazirning tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalarida kar-soqovlik nuqsoni bölgan şaxslarga surdotarjimon xizmatlari belgilangan tartibda taqdim qilinadi;
  • mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi mablağlari hisobidan kamida beş nafar surdotarjimonlar va surdopedagoglarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boşqa muassasalarda ta’lim olişi va stajirovkadan ötişi tizimi yölga qöyiladi.