Özbekiston prezidentining «Özbekiston sportçilarining navbatdagi yozgi va qişki Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etişi uçun tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş töğrisida»gi qarori e’lon qilindi.

Prezident qaroriga köra, 2024 yil Parij şahrida bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi:

  • oltin medal uçun — 200 ming AQŞ dollari;
  • kumuş medal uçun — 100 ming AQŞ dollari;
  • bronza medal uçun — 50 ming AQŞ dollari.

Xarajatlar Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik qiliş jarayonida respublika hududida ötkazilayotgan sport musobaqalari, öquv-maşğulotlar yiğinlarida terma jamoa a’zolarining iştirokini ta’minlaş uçun viloyatlararo yönalişlar böyiça (temir yöl va aviaçipta) transport xarajatlariga 2022 yil 1 martdan 2024 yil 1 sentyabrga qadar çegirmalar joriy etiladi.

Şuningdek, uşbu qarorda 2026 yil Milan şahrida bölib ötadigan qişki, 2028 yil Los-Anjyeles şahrida bölib ötadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş masalalarida ham topşiriq berilgan.

Eslatib ötamiz, Tokio Olimpiadasini Özbekiston delegatsiyasi uçta oltin va ikkita bronza bilan 32-örinda yakunlagandi. Özbekiston hukumati çempionlarni 200 ming dollar, bronza medali sohiblarini 50 ming dollardan pul mukofotlari bilan taqdirlagan. Bundan taşqari, sovrindorlarning murabbiylariga, şuningdek, Olimpiadaning barça iştirokçilariga ham pul mukofotlari topşirilgandi.