28 ta faoliyat turiga maxsus elektron tizim orqali litsenziya beriladi
Hukumat qarori bilan maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock
Lisenziya olish talab qilinadigan 28 ta faoliyat turi “Lisenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali litsenziyalanadi.
Ushbu faoliyat turlari orasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrash, turizm faoliyati, xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish hamda boshqalar bor.
Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Lisenziya” AT yoki YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. Arizalar “Lisenziya” AT yoki YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Arizaga kiritilgan ma’lumotlar “Lisenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi. Yig‘im to‘langanidan so‘ng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Lisenziya” AT yoki YaIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Lisenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni “Lisenziya” AT orqali qabul qiladi. Qaror “Lisenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Lisenziyalovchi organ arizani o‘z muddatida ko‘rib chiqib talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Lisenziya” AT yoki YaIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Lisenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: litsenziya berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmaganligi; talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi; talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi; o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qaror 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 21:51
-
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 21:37
-
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:35
-
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi
Jahon | 21:31
Mavzuga oid

15:04 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi

23:18 / 27.03.2025
“Marhamat, biz ochiqmiz” – vazirlik yuridik yo‘nalishda litsenziya ololmayotgan oliygohlar bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

15:20 / 05.03.2025
O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

20:07 / 13.02.2025