Rossiya Federatsiyasining Smartavia va iFly aviakompaniyalarining Özbekistonga amalga oşiriladigan parvozlari vaqtinça bekor qilindi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar qildi.
Qayd etilişiça, ikki aviakompaniya Özbekiston fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oşiriş uçun ruxsatnomalarga ega. Ammo Smartavia aviakompaniyasi 7 mart kuniga rejalaştirilgan Moskva—Urganç—Moskva yönalişidagi parvoz bajarilmasligi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Şuningdek, iFly aviakompaniyasi 5 mart sanasidan boşlab Özbekistonga bajarilişi kutilayotgan hamda barça rejalaştirilgan yönalişlarda öz parvozlarini noma’lum muddatga töxtatdi. Aviakompaniya bu haqdagi rasmiy ma’lumotni Özbekiston aviatsiya ma’muriyatiga taqdim etdi.
«Bekor bölgan aviaqatnovlar yölovçilari aviaçipta pullarini qaytariş yoki çiptalarini boşqa muddatga qayta bronlaş masalalari yuzasidan uşbu çiptalarni xarid qilgan aviakassalarga murojaat etişlari tavsiya etiladi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Ğarb tomonidan qat’iy sanksiyalarga uçramoqda. 27 fevral kuni Yevropa davlatlari Rossiya samolyotlari uçun öz havo hududini yopişini e’lon qilgan.











