Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy şaxslarga tegişli jami yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 tani taşkil etmoqda.

Hududlar kesimida jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtomobillar soni böyiça Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda. Poytaxtliklarga tegişli yengil avtomobillar soni 503 030 tani taşkil etgan.

Qolgan hududlar böyiça jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtomobillar soni quyidagiça köriniş olgan:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 127 034 ta
  • Andijon viloyati – 206 076 ta
  • Buxoro viloyati – 196 858 ta
  • Jizzax viloyati – 85 899 ta
  • Qaşqadaryo viloyati – 242 068 ta
  • Navoiy viloyati – 89 526 ta
  • Namangan viloyati – 196 821 ta
  • Samarqand viloyati – 366 676 ta
  • Surxondaryo viloyati – 172 485 ta
  • Sirdaryo viloyati – 60 803 ta
  • Toşkent viloyati – 307 913 ta
  • Farğona viloyati – 297 232 ta
  • Xorazm viloyati – 199 313 ta

Avvalroq, Özbekistonda har 1000 kişiga örtaça 87 ta yengil avtomobil töğri kelayotgani xabar qilingan edi.