Bozordagi narx-navoning kundalik ahvoli böyiça zarur tezkor çoralarni körib boriş bilan şuğullanadigan Respublika ştabi tuziladi. Unga boş vazir rahbarlik qilib, viloyat hokimlari va tegişli vazirlar a’zo böladi.
«Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etyapti. Har kuni yangi sinovlar bilan töqnaş kelyapmiz.
Lekin, bu – ertaga nima böladi deb, kutib ötiriş kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qiliş va yangi imkoniyatlarni izlab topişimiz zarur», dedi prezident.
Qoraqalpoğiston, Andijon, Surxondaryoda tadbirkorlarning muammolarini içiga kirib, köp takliflar tayyorlangani qayd etilib, qolgan viloyatlarning harakati sust, taşabbus va tahlil yöqligi tanqid qilindi.
Masalalarni doimiy tahlil qiliş va tezkor çoralarni körib boriş maqsadida Boş vazir boşçiligida kundalik işlaydigan Respublika ştabi taşkil etiladi. Uşbu ştabga viloyat hokimlari va tegişli vazirlar ham a’zo böladi.
Ştab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli böyiça zarur tezkor çoralarni körib boriş vazifasi qöyildi.
Prezident mart oyi boşida kuzatilgan şakarga «ajiotaj» mavzusiga töxtaldi.
«Ayrim hududlarda şakar narxi asossiz oşgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida mavjud zaxiralar öz vaqtida tarqatilmagani sababli, şakar narxi keskin oşgan.
Savol tuğiladi. Uşbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?» dedi prezident.

Şuning uçun viloyat, şahar va tuman hokimlari har kuni öz hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, şakar va yoğning narxini joylarda yurib örganadi va barqarorlikni ta’minlaş uçun tezkor tadbirlarni körib boradi.
Ayniqsa kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlaş uçun tadbirkorlarga amaliy yordam körsatib, narxlarni arzonlaştiriş bu uluğ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barça tadbirkorlarga tuşuntirişlari kerakligi körsatib ötildi.
Respublikaga çetdan buğdoy, ösimlik yoği va şakarni olib keliş böyiça barça masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali taşkil etiş kerakligi ta’kidlandi.
Körsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda göşt, sut, kartoşka, tuxum, guruç narxlari barqarorligi saqlanmoqda.


















