Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga ötib, Toşkent viloyatining barça tutaş hududlarini qamrab oladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va tirbandlikni kamaytiriş böyiça videoselektorda ma’lum qilindi.
Mamlakatda jamoat transporti tizimi aholini rozi qiladigan darajada yölga qöyilmagani körsatib ötildi.
Şaharlararo avtobuslar grafik böyiça emas, balki yölovçilari 40-50 kişi bölib tölganda yurişga örgangan. Çunki tadbirkorlarga şaharlararo jamoat transportida zararni kompensatsiya qiliş mexanizmi yölga qöyilmagan. Subsidiya faqat şahar atrofidagi avtobuslar uçun bor.
Prezident endilikda örta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantiriş böyiça yangi tizim joriy qilinişini aytdi.
Buning uçun Toşkent şahri va viloyatlararo qatnov böyiça alohida yondaşuv böladi.
Poytaxtga kuniga 1 million odam taşrif buyursa, şundan 275 ming nafari Toşkent viloyatidan keladi.
Şu bois, poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga ötib, Toşkent viloyatining barça tutaş hududlarini qamrab oladi.
Buning uçun, Toşkent halqa yöligaça kelayotgan 20 ta avtobus yönalişi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marşrut qöşiladi. Bu Toşkent viloyati aholisi uçun katta qulaylik böladi.
«Marşrutlar uzaysa, kutiş vaqti köpayadi, deb aholi xavotirga tuşmasin. Sentyabrgaça poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz», – dedi davlat rahbari.

Yangi tizimni poytaxt va Toşkent viloyati uçun 1 sentabrdan, yirik şaharlarda esa kelasi yili 1 yanvardan joriy qiliş topşirildi.
Şaharlar va viloyatlararo jamoat transporti qatnovlarini jonlantiriş zarurligi ta’kidlandi.
Bu yönalişdagi avtobus va mikroavtobuslar uçun yölovçi boşiga subsidiya beriladi.
Avtobuslar uçun utilizatsiya yiğimidan imtiyoz yana uç yilga uzaytiriladi va mikroavtobuslarga ham joriy qilinadi.

















