Yevropa Ittifoqi Polşaga Belarus bilan çegara xavfsizligini ta’minlaşda yordamni kuçaytirişi kerak. Bu fikrni Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt polşalik hamkasbi Tomaş Simonyak bilan birgalikda Polşa-Belarus çegarasidagi "Polovsy - Pesçatka" çegara ötiş punktiga taşrifi çoğida bildirdi.
«Polşaga Yevropa Ittifoqining taşqi çegarasini himoya qiliş uçun köproq mablağ kerak va buning uçun u köproq e’tirofga loyiq», — dedi nemis vaziri.
Dobrindt Germaniya «Yevropaning hamma joyida» taşqi çegaralarda «samarali tekşiruvlar» ötkazilgunga qadar öz çegaralarida, şu jumladan Polşa bilan çegarada ham nazoratni davom ettiriş niyatida ekanini aniq aytdi. «Biz Yevropa içida tartib va xavfsizlikni istaymiz. Va Yevropani himoya qiliş uçun taşqi çegaralarda qat’iylik va izçillikni istaymiz», — dedi u.
Şu bilan birga, Dobrindtning aytişiça, Rossiya va Belarus Polşa, Germaniya va Yevropa Ittifoqini beqarorlaştiriş uçun «migratsiyadan qurol sifatida foydalanişga» harakat qilmoqda. Uning fikriça, bu «katta muammo».
Polşaning Belarus bilan çegarasi uzunligi taxminan 700 km. 2022 yilning avgustiga kelib Polşa uning 550 kmlik qismida panjara qurdi. 21 iyul kuni Semonyak Varşava bahosiga köra, panjara «öz vazifasini a’lo darajada bajargani» va Belarus bilan çegaraning qolgan qismlarini, ya’ni köllar va daryolar böylab panjara bilan mustahkamlaş rejalarini e’lon qildi.












