Qurğoqçilik xavotiri: 2022 yilgi yoz qanday böladi? - Ekspert bilan suhbat
|12:55 / 24.04.202248 85112 min
Markaziy Osiyoda asosiy suv zaxirasi qor va muz holida şakllanadi. Qişda qorning yildan yilga kam yoğişi esa suv taqçilligiga olib keladi. Özbekiston ana şu yangi şaroitlarga moslaşişi kerak, deydi suv resurslari böyiça xalqaro ekspert Abror Ğafurov. U bu yil yozdagi suv miqdori böyiça prognozlar haqida ham ma’lumot berdi.
Abror Ğafurov – Germaniya Yer tadqiqotlari markazining “Markaziy Osiyoda suv” loyihasi rahbari, Berlindagi Humboldt universiteti dotsenti. Ekspert Kun.uz bilan suhbatda Özbekistonning asosiy suv resurslari, iqlim özgarişlari sabab ularning kamayib borayotgani, 2022 yil yozda bizni kutayotgan vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Özbekistonning asosiy suv manbalari
Özbekistonga suv Amudaryo, Sirdaryo va Zarafşon daryolari orqali keladi. Amudaryo va Sirdaryo, asosan, Tyan-şan va Pomir toğlaridagi qor va muzliklar erişi evaziga töyinadi. Qor mavsumiy bölib, mart oyidan iyun-iyul oyigaça eriydi va daryo suvi tölişiga öz hissasini qöşadi. Qor erib bölgaç muzliklar eriy boşlab, asosan, avgust oyida daryolar muzlik suvi bilan töyinadi.
Qor va muzliklar – asosiy suv manbasi deyiş mumkin. Yillik hisobda taxminan 50-60 foiz suv qorlar erişi orqali, 20 foiz suv esa muzliklar erişi hisobiga şakllanadi.
Qor kam yoğaversa, suv kamayib ketadimi?
Iqlim özgarişining Örta Osiyoga ta’siri salbiy. Mintaqaning asosiy suv manbasi – qor va muzliklar, ammo köp qismi qor hisobiga şakllanadi. Örta Osiyodagi toğlar qişda yoğgan qorlar evaziga yoz fasli uçun suv saqlaş funksiyasini ham bajaradi. Kelajakda iqlim özgarişi sabab yoğayotgan yoğingarçilik qor körinişida yoğmay qöysa, muammoli vaziyat paydo bölişi mumkin. Bunda yoğingarçilikning asosiy qismi yomğir körinişida tuşa boşlaydi va Örta Osiyo toğlari suvni yoz fasli uçun saqlaş funksiyasini yöqotişi mumkin.
Faraz qilaylik, qişda qor emas, yomğir yoğsa, u toğlarda zaxira bölib qolmasdan öziga yöl izlab pastga oqib tuşadi. Va daryolarning qişda suvga töyinişi sodir böladi. Bizga esa suv, asosan, yozda kerak. Şuning uçun agar kelajakda iqlim isib boraversa, toğlardagi qor zaxiralarini yöqotib qöyişimiz mumkin. Muzliklar ham yildan yilga erib boryapti, bu esa avgust oyida suv kamayib ketişiga sabab böladi. Bu vaziyat kelajakda real ekanini hisobga olib, unga moslaşişni unutmaslik lozim.
Mart oyida Özbekistonda qariyb rekord darajada yomğirlar yoğdi, köplab hududlarga sel keldi. Ana şu suvlarni zaxira qilib işlatsa bölmaydimi?
Bunday holatda eng yaxşi narsa – keraksiz vaqtda kelayotgan suvni yiğib oliş. Buning uçun suv omborlari quriladi. Özbekistonda ham suv omborlari bor. Ular elektr energiya işlab çiqarişdan taşqari qişloq xöjaligini suv bilan ta’minlaş funksiyalariga ega. Lekin suv omborlari köpinça suv bilan töla böladi.
Mavzuga oid
Agar aytaylik, kelasi 10 kun içida xuddi mart oyidagidek tinimsiz yomğir yoğsa, suv omborlarida bu suvni uşlab qoliş uçun kerakli joy zaxirasi bölişi kerak. Agar zaxira bölmasa, bu suvni taşlab yuborişga majbur bölamiz. Sababi suv omborlarining öziga yaraşa xavfsizlik qoidalari bor, ularda me’yordan ortiq suv saqlaş mumkin emas. Şuni e’tiborga olgan holda, kelasi oyda qança suv kelişini oldindan hisoblab, suv omborlarini boşqariş va iloji boriça yomğir suvini ham saqlab qoliş imkoniyatlarini topiş kerak.
Masalan, Norvegiya tajribasida bunga alohida ahamiyat beriladi: ular “Tepadan tuşayotgan har bir tomçi iqtisodiyotimiz uçun bir dollar bölsa ham qöşimça foyda böladi”, deb hisoblaşadi.
Biz ham suvni maksimum darajada saqlab qoliş va unumli foydalaniş yöllarini topişga harakat qilişimiz zarur. Buning uçun turli maqsadlarni, jumladan, qişloq xöjaligini suğoriş, elektr energiya işlab çiqariş va suv omborlari xavfsizligi kabi jihatlarni hisobga olib suvdan foydalanişni optimallaştiriş kerak.
Bu yil bizni qurğoqçilik kutyaptimi?
Bu savol – juda aktual va javob beriş oson emas. Lekin bu yilgi vaziyat özgaça. Yuqorida aytganimdek, Örta Osiyoda suv şakllanişi asosan toğlarda qorlar töplanişiga boğliq. Biz suv zaxiralarini aniqlaş maqsadida qor qoplamlari böyiça şuğullanamiz, doimiy kuzatuv olib boramiz va uni monitoring qiliş böyiça MODSNOW va boşqa dasturlar yaratganmiz. Hozir bu dasturlar nafaqat Özbekistonda, balki barça Örta Osiyo davlatlari va ayrim Yevropa davlatlarida ham işlatiladi.
MODSNOW dasturimiz orqali olayotgan natijalarimizga köra, bu yil qişda qor açinarli darajada kam yoğdi. Biroq mart oyi sersuv böldi. Mart oyida yomğirlar ortidan toğli hududlarga qor ham yoğdi, lekin köp emas.
Sirdaryo havzasida nisbatan köp qor yoğdi va bu Sirdaryo havzasining suv zaxiralari nisbatan köpayişiga va şakllanişiga olib keldi. Afsuski, bu hodisa Amudaryo havzasida kuzatilmadi. Amudaryoda bu yilgi qor töplanişi oxirgi 22 yil içida bunaqa past körsatkiçga ega bölmagan.
Sariq çiziq – şu vaqtgaça oxirgi 22 yildagi eng kam qor qoplami kuzatilgan yilning oylar böyiça şakllangan qor zaxiralari. Kök çiziq – şu vaqtgaça oxirgi 22 yildagi eng köp qor qoplami kuzatilgan yilning oylar böyiça qor zaxirasi. Yaşil çiziq – oxirgi 22 yildagi örtaça qor zaxirasining oylar böyiça zaxirasi. Uzuq qizil çiziq – 2022 yildagi qor zaxirasi. Qizil nuqta – oxirgi kuzatuv olib borilgan kundagi qor zaxirasi.
Şuning uçun aytiş mumkinki, bu yil yozda ham suvimiz kam böladi: Sirdaryoda ham, Amudaryoda ham. Lekin uzoq yillik örtaça qiymat hisobida Amudaryoda bu yil ança suv kam bölişi kutilyapti deb xulosa qiliş mumkin.
Aprelning birinçi yarmida kuzatilgan havo haroratining anomal darajada isib ketişi toğlardagi qor zaxiralarining ham yozda emas, balki aprel-may oylarida erib ketişiga olib keliş ehtimoli katta. Bu öz navbatida, kelayotgan yoz faslida qurğoqçilik kuzatilişiga olib kelişi mumkin.
Amudaryo Özbekiston janubidan boşlanib, Qaşqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğistonni suv bilan ta’minlaydi. Sirdaryo esa Farğona vodiysidan kirib kelib, vodiy viloyatlari, Toşkent viloyati, Sirdaryo viloyatiga, qisman Jizzax viloyatiga suv beradi. Samarqand viloyati esa Zarafşondan suv içadi. Afsuski, Zarafşonda ham suv bu yil köp emas.
Qisqaça aytganda, Özbekistonning şarqiy qismida suv nisbatan köproq, lekin Amudaryo oqib ötadigan janubiy, ğarbiy qismida suv kam böladi.
Aholi suv tanqisligiga qanday moslaşadi?
Aholi suv tanqisligi haqida oldindan xabardor bölişi, bunga moslaşib harakat qilişi kerak. Bunda suv kamroq talab qiladigan ekinlarni köproq ekiş, suğorişning tejamkor usullaridan foydalanişni örganiş lozim. Sababi bundan keyin suv kamayib boradi. Har 3-4 yilda bir qattiq qurğoqçilik bölib, dehqon zarar körsa, bu yomon. Şuning uçun oldindan suv zaxiralarini kuzatib boriş va unga moslaşgan holda suvdan foydalaniş muhim.
Ayni paytda hukumat tomonidan aholini suvni tejaşga rağbatlantiriş uçun yaxşi işlar davom etyapti, masalan, tomçilatib suğoriş usullarini qöllagan fermerlarga subsidiyalar berilyapti. Biroq buning özi yetarli emas, fermerlarga tomçilatib suğorişning ijobiy va salbiy taraflari haqida köproq bilim beriş zarur. Fermer tomçilatib suğorişning öziga va olib borayotgan faoliyatiga foydasi katta ekanini bilsagina davomiy ravişda bu usuldan foydalanişi mumkin. Aks holda, tatbiq qilingan yangi suğoriş usulidan 1-2 yilda voz keçiş ehtimoli ham yöq emas. Buning davomiyligini kafolatlaş ança iş talab qiladi.
Suvni tejaşning yangi usullarini ilmiy jihatdan ham örganiş, tuproqqa, hosildorlikka ta’siri, köp va kam işlatiladigan resurslar tadqiq qilinişi lozim. Örta Osiyoda hozir bu bilim çegaralangan. Tomçilatib suğorişdan biz faqatgina oxirgi 3-4 yilda keng kölamda foydalanişni boşladik. Öziga yaraşa murakkab suğoriş uslubini amalda davomiy ravişda tatbiq qiliş ançagina bilim talab qiladi. Bu bilimni nafaqat ilmiy işlar orqali egallaş va uni fermerlarga ham yetkaziş lozim. Bu yönalişda Isroilning tomçilatib suğoriş böyiça tajribasini örganiş mumkin.
Agar suvdan töğri foydalansak va tejamkor suğoriş usullarini qöllasak, Örta Osiyoda suv barçaga yetadi. Dunyoning ayrim davlatlarida suv zaxiralari Örta Osiyonikidan ham kam bölib, qişloq xöjaligi öta rivojlanganini ham kuzatiş mumkin. Bunaqa darajaga yetiş uçun suvdan unumli foydalaniş kafolat böla oladi.
Özbekistonda ham tomçilatib suğoriş fermerning daromadiga qanday ta’sir qilişini, u nimalardan foyda körişini ilmiy örganiş lozim.
Hukumatga takliflar
Innovatsion usullarni tatbiq qilgan holda suv zaxiralarini kuzatiş va bu usullarni zaxiralarni boşqarişda keng qöllaş zarur. Sun’iy yöldoş ma’lumotlaridan keng foydalanib, suv zaxiralari haqida köproq ma’lumot olişni yölga qöyiş lozim. Suvdan unumli foydalaniş uçun avval uning miqdori töğrisida aniqroq ma’lumotga ega bölişimiz kerak. Hozirda nafaqat yoz fasli uçun oyma-oy, balki kunma-kun toğlarimizda qança suv miqdori mavjudligini kuzatib boriş imkoniyatlari mavjud.
Şuningdek, suv resurslari yiğilişi, uning kutilayotgan miqdorini yoritib beradigan onlayn platforma yaratiş foydali böladi.
Buning bilan suv zaxiralari haqidagi ma’lumotlardan faqat prognozlaştiriş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar emas, balki suvdan foydalanadigan barçani xabardor qilib boriş mumkin. Hozirda Jahon Bankining Örta Osiyoda amalga oşirilayotgan CAFEWS loyihasi ham ma’lumotlar almaşinuvini yölga qöyadigan platforma yaratişni maqsad qilgan.
Bunday platforma suv böyiça ma’lumot berişdan taşqari, tabiiy ofatlardan ham ogoh bölişga yordam beradi. Masalan, mart oyida tinimsiz yomğir yoğdi. Şunday vaziyatda qayerda qança yomğir yoğganini, qayerda sel keliş ehtimoli bor, qayerda qurğoqçilik ehtimoli mavjudligi xarita orqali körsatib berilsa, suvdan foydalanişda ança samaradorlikka erişiş mumkin. Qolaversa, suv omborlaridan foydalanişni ham optimallaştiriş imkoni böladi.
Özbekistonda suv resurslarini örganişga oid ilmiy işlar ham yetarli emas. Rivojlangan davlatlarda biror yangi boşqariş usulini amalda tatbiq etişdan oldin vaziyat ilmiy örganib çiqiladi va haqiqatan, hudud uçun foydali böladigan, uzoq muddat davomiy işlab beradigan loyihalargina amaliyotga joriy qilinadi. Bunday usulni Özbekistonda ham qöllaş foydali böladi.
Özbekistonda suğoriş maqsadida keragidan köp suv işlatiladi va buni kelajakda kamaytirib boriş kerak. Sababi suv yildan yilga kamayib boraveradi. Biroq bunga moslaşiş – tez böladigan jarayon emas. Keyingi 10-15 yil davomida bölsa ham, yangi şaroitda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişga moslaşişimiz zarur.
Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.
Abror Ğafurov – Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida bakalavriatni, “Umid” jamğarmasi orqali Germaniyada magistraturani tamomlagan va Germaniya granti orqali doktoranturada tahsil olgan. Hozirda Germaniya yer tadqiqotlari markazining (German Research Centre for Geosciences) “Markaziy Osiyoda suv” loyihasi rahbari.
Bundan taşqari, xalqaro taşkilotlar mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib boradi, Berlindagi Humboldt universitetida dotsent, talabalarga dars beradi. Vatandoşimiz özi jismonan Germaniyada faoliyat yuritişiga qaramay Özbekiston, Markaziy Osiyo suv resurslariga oid doimiy izlanişlar olib boradi.