Samarqand şahrida bölib ötgan samarali muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qildi.

Taşrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

  • Ekstraditsiya töğrisida bitim;
  • Investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida bitim;
  • Qöşma komissiya tuziş töğrisida bitim;
  • Viza talablarini bekor qiliş töğrisida bitim;
  • Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Turizm sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma;
  • Tovarlar va transport vositalari harakati töğrisidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almaşiş töğrisida bayonnoma;
  • Qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Ösimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Veterinariya sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
  • Standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş sohasida memorandum;
  • din işlari böyiça anglaşuv töğrisida idoralararo memorandumlar;
  • Abdulla II ibn al-Husaynning davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi.

Taşrif doirasida Iordaniya podşohi Özbekiston prezidentini Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirladi.

“Uşbu mukofotni köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning munosib e’tirofi, şuningdek, mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini yaratayotgan Özbekiston xalqiga döstona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman”,