2025 yil 1 sentabrdan boşlab Moskva şahri va Moskva viloyatida «Amina» mobil ilovasi yordamida xorijiy fuqarolarning turgan joyini hisobga olişning eksperimental rejimi joriy etiladi. Bu haqda «Mnogofunksionalnyy migratsionnyy sentr» (MMs Saxarovo) muassasasi ma’lum qildi.
Ilovani majburiy örnatiş Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Armaniston, Qozoğiston, Gurjiston, Ozarboyjon, Moldova va Ukrainadan kelgan mehnat migrantlariga taalluqlidir.
Poytaxt mintaqasida migratsiya röyxatidan ötiş faqat «Amina»dan foydalaniş orqali amalga oşiriladi.
Migrantlar ilovani mustaqil ravişda örnatadi. Ammo «Amina»da avtorizatsiyadan ötiş uçun xorijiy fuqaroning amaldagi kartasi zarur bölgani sababli, uni rasmiylaştiriş uçun Saharovoga boriş kerak böladi. Karta yöqolgan taqdirda, «Amina»da avtorizatsiyadan pasport ma’lumotlari böyiça ötiş mumkin.
Mobil ilovada foydalanuvçining geolokatsiya ma’lumotlari avtomatik ravişda uzatiladi. Agar ma’lumotlar uç iş kunidan ortiq vaqt davomida uzatilmasa, migrant yaşaş manzilini tasdiqlaş yoki uning özgargani haqida ma’lumot beriş söralgan xabarnoma oladi. Hisobga oliş şartlariga rioya qilmaslik manzil böyiça röyxatdan çiqarilişiga va Nazorat qilinadigan şaxslar reyestriga kiritilişiga sabab böladi.
Ta’kidlanişiça, kelgusida «Amina»da nazorat bilan bir qatorda qöşimça xizmatlar - patent tölovi, MMs qabuliga yoziliş va boşqalar paydo böladi.
Iyun oyi oxirida Rossiya hukumati ruID köp tilli mobil ilovasini işga tuşirdi, u orqali migrantlar Rossiyaga kiriş uçun ariza topşirişi, kiriş çeklovlarini tekşirişi va davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun raqamli profil yaratişi mumkin.

















