2022 yilning uç oyi davomida işlab çiqarişda 132 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, 42 nafar xodim halok bölgan. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva iştirokida ötkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Yanvar-mart oylari davomida işlab çiqarişda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisa belgilangan tartibda maxsus tekşirilgan, şulardan 26 tasi ölim bilan tugagan, 97 tasi oqibati oğir va 9 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni taşkil etgan.
Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bölgan, 104 nafar xodim oğir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.
5 972 ta korxonada ötkazilgan nazorat tadbirlarida 11 315 ta qonun buziliş holati aniqlanib, 2 483 nafar mansabdor şaxsga nisbatan 4 mlrd 864 mln 600 ming söm miqdorida ma’muriy jarimalar qöllanilgan.
Bundan oldin Özbekistonda 2021 yilda işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar oqibatida 238 kişi halok bölgani xabar qilingandi.











